Yuldashev Baxtiyor
Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi direktori, rais
Akkreditatsiya komissiyasi – ekspertlar komissiyasi tomonidan yakuniy hisobot asosida tayyorlangan xulosani koʻrib chiqish va taʼlim tashkiloti (dasturi)ni davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazish boʼyicha yakuniy qaror qabul qilish vakolatiga ega boʼlgan mustaqil hamda doimiy faoliyat yurituvchi kollegial organ.
Akkreditatsiya komissiyasi Milliy agentlik direktori buyrug‘i bilan tasdiqlanadi va ta'lim, ilm-fan, davlat boshqaruvi, ishlab chiqarish hamda xalqaro ekspertlar vakillaridan shakllantiriladi.
Komissiya tarkibiga vazirlik va idoralar mutaxassislari, ish beruvchilar, ta'lim oluvchilar vakillari hamda xorijiy ekspertlar kiritiladi.
Komissiya doimiy va jamoatchilik asosida jalb etilgan a'zolardan iborat bo‘lib, uning faoliyati mustaqillik, xolislik va professional ekspertiza tamoyillariga asoslanadi.
Zaruratga ko‘ra, davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazilayotgan ta'lim tashkiloti yoki ta'lim dasturining xususiyatidan kelib chiqib, qo‘shimcha sohaviy mutaxassislar va ekspertlar komissiya faoliyatiga jalb etilishi mumkin.
Akkreditatsiya komissiyasiga Milliy agentlik direktori raislik qiladi hamda komissiya davlat akkreditatsiyasi bo‘yicha yakuniy qarorlarni qabul qiluvchi kollegial organ hisoblanadi.
Ta'lim sifatini ta'minlash milliy agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari, Akkreditatsiya komissiyasi raisi o‘rinbosari
QAA (Buyuk Britaniya) Sifatni ta'minlash va takomillashtirish bo‘yicha ijrochi direktori
INQAAHE Boshqaruv kengashi a'zosi (Board Director), xalqaro akkreditatsiya va sifatni ta'minlash bo‘yicha ekspert
Ta'lim sifatini ta'minlash milliy agentligi Metodologiya, ekspertlarni tayyorlash va reyestrlarni yuritish guruhi rahbari