Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi direktori, rais
Iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD). Toshkent moliya institutida bakalavriat va magistratura ta'limini tamomlagan. Davlat moliyasi, xalqaro hamkorlik, investitsiyalar va oliy ta'lim tizimini boshqarish sohalarida katta tajribaga ega. Mehnat faoliyati davomida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Prezident ta'lim muassasalari agentligida mas'ul lavozimlarda faoliyat yuritgan. 2022–2025-yillarda “Yangi O‘zbekiston” universitetida innovatsiya va tadqiqot ishlari bo‘yicha prorektor sifatida faoliyat olib borgan. 2024-yilda Massachusets texnologiya institutida (MIT, AQSh) universitetlarda innovatsion ekotizimlarni rivojlantirish bo‘yicha malaka oshirgan. Hozirda Ta'lim sifatini ta'minlash milliy agentligi direktori sifatida ta'lim sifatini baholash, akkreditatsiya tizimini takomillashtirish va xalqaro standartlarni joriy etish yo‘nalishidagi islohotlarga rahbarlik qilmoqda.