Oliy maʼlumot (magistr) yoki falsafa doktorlik darajasi (muayyan holatlarda soha talablariga muvofiq).
tegishli soha yoki yoʻnalish boʻyicha kamida 5 yillik tajribaga ega bo'lish
milliy va xalqaro taʼlim sifatini taʼminlash hamda tashqi baholash standartlari bilan tanish boʻlish (ESG, EQAVET, ISO)
manfaatlar toʻqnashuvi mavjud boʻlmasligi, betaraflik, maxfiylik va odob-axloq qoidalariga amal qilish
davlat tilini yaxshi bilish (xorijiy ekspertlar bundan mustasno) hamda baholanayotgan taʼlim dasturi yuritiladigan tilni tushunish
axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, jumladan akkreditatsiya axborot tizimlari, elektron hujjat yuritish va masofaviy baholash vositalari bilan ishlash koʻnikmalariga ega bo'lish
akademik va ilmiy faoliyat tajribasi (Scopus, Web of Science va boshqa nufuzli xalqaro ilmiy bazalarda indeksatsiya qilingan yuqori impakt faktorli ilmiy jurnallarda ilmiy nashrlari mavjudligi ustunlik sifatida baholanadi)
Nomzod ariza topshirganidan soʻng, unga sunʼiy intellekt bilan suhbat tashkil etish uchun tegishli havola taqdim etiladi. Ushbu havola taqdim etilganidan soʻng, nomzod 3 kun ichida sunʼiy intellekt bilan suhbatdan oʻtishi lozim.
Nomzodda ingliz tili koʻnikmalari yetarli boʻlmagan taqdirda, suhbat nomzod erkin muloqot qila oladigan tilda onlayn yoki oflayn shaklida Agentlikning masʼul mutaxassislari tomonidan oʻtkaziladi.
Birinchi bosqichdan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodning kasbiy tayyorgarligi, ekspertlik salohiyati va kommunikativ koʻnikmalari saralash ishchi guruhi tomonidan onlayn yoki oflayn shaklda suhbat orqali baholanadi.
Ijobiy baholangan nomzodlar Agentlik tomonidan tashkil qilinadigan onlayn yoki oflayn shaklidagi qisqa muddatli tayyorlov treningidan oʻtkaziladi va ushbu treningdan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlarga ekspertlik sertifikati beriladi hamda ekspertlar reyestriga kiritiladi.