O‘rta maxsus ta’lim tashkilotlarining milliy reytingi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi tomonidan shakllantirilgan yagona reyting axborot tizimi orqali har yili aniqlanadi.
O‘rta maxsus ta’lim tashkilotlari milliy reytingini aniqlashning asosiy vazifalari:
O‘rta maxsus ta’lim tashkilotlari faoliyatini tizimli va xolis baholash;
Ta’lim sifati va o‘quvchilar natijalarini oshirishni ta’minlash;
Pedagog kadrlarning ilmiy, metodik va innovatsion faoliyati samaradorligini baholash;
O‘quvchilarning oliy ta’lim muassasalariga kirish ko‘rsatkichlarini tahlil qilish;
Ta’lim jarayonida ilg‘or pedagogik texnologiyalarni joriy etishni qo‘llab-quvvatlash;
Reyting natijalari orqali ta’lim tashkilotlari faoliyati bo‘yicha ochiq va ishonchli axborotni jamoatchilikka yetkazish.