Milliy reytingning asosiy vazifasi nima?
Milliy reytingning asosiy vazifasi taʼlim tashkilotlarida taʼlim-tarbiya va ilmiy-tadqiqot jarayonlari sifatini qiyosiy taqqoslash hisoblanadi
Agentlik qaysi turdagi ta’lim tashkilotlarining milliy reytingini yuritadi?
Agentlik tomonidan o‘rta-maxsus, kasbiy, oliy ta’lim hamda oliy ta’limdan keyingi ta’lim mavjud tashkilotlar reytingi yuritiladi
Milliy reytingda oliy ta’lim tashkilotlari qaysi mezonlar asosida baholanadi?
Reytinglar quyidagi mezonlar asosida amalga oshiriladi: akademik faoliyat, ilmiy faoliyat, xalqaro faoliyat, bitiruvchilar sifati va raqamlashtirish
Ushbu mezonlar orqali qaysi turdagi oliy ta’lim tashkilotlari reytingi yuritiladi?
Keltirilgan mezonlar asosida davlat, nodavlat va xorijiy oliy ta’lim tashkilotlarining alohida reytinglari yuritiladi
Umummilliy so‘rovnomaning ishtirokchilari kimlar?
Umummilliy so‘rovnomada talabalar hamda ish beruvchilar ishtirok etishadi
Umummilliy so‘rovnomaning asosiy vazifalari nimalardan iborat?
Umummilliy so‘rovnomaning asosiy vazifalari taʼlim tashkilotlari bitiruvchilarining bilim va koʻnikmalarini baholash, ularning mehnat bozoriga integratsiyasini hamda taʼlim tashkilotlari oʻquvchi va talabalarining taʼlim sifati boʻyicha fikrlarini oʻrganish hisoblanadi
Qaysi turdagi ta’lim tashkilotlari umummilliy so‘rovnomada ishtirok etadi?
Umummilliy so‘rovnomada o‘rta maxsus, kasbiy, oliy ta’lim tashkilotlari ishtirok etadi
Umummilliy so‘rovnomada asosan nimani baholashga e’tibor qaratiladi?
Umummilliy so‘rovnomada asosan talabalar hamda o‘quvchilarning ta’lim sifatidan, ish beruvchilarning esa talabalar va o‘quvchilar olgan bilim va ko‘nikmalardan qoniqish darajasini aniqlashga e’tibor qaratiladi