Ta’lim sifatini ta’minlash bo‘yicha nufuzli xalqaro tarmoqlarga a’zolikni kengaytirish hamda ular bilan barqaror va uzoq muddatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish.
O‘zbekiston Respublikasidagi oliy ta’lim tashkilotlari diplomlarining xalqaro miqyosda tan olinish qamrovini kengaytirish va akademik mobillikni rivojlantirish.
Agentlikning xalqaro hamkorlikdagi ishtirokini mustahkamlash hamda uning xalqaro ta’lim sifati maydonidagi institutsional maqomini mustahkamlash.
Nufuzli xalqaro akkreditatsiya tashkilotlari bilan hamkorlikni rivojlantirish va xalqaro akkreditatsiyadan o‘tgan oliy ta’lim dasturlari sonini oshirish.
Agentlik xodimlari, mahalliy ekspertlar hamda oliy ta'lim tashkilotlarining ta'lim sifati uchun mas'ul xodimlarining kasbiy salohiyatini oshirish bo‘yicha tizimli malaka oshirish amaliyotini joriy etish.
Oliy ta’lim sifatini ta’minlash agentliklarining xalqaro tarmog‘i
Oliy ta’lim sifatini baholash va akkreditatsiya bo‘yicha faoliyatning xalqaro professional hamjamiyat tomonidan tan olinishi;
Xalqaro ekspertlar va maslahatchilar tarmog‘ining bir qismiga aylanish orqali baholash metodologiyalari, indikatorlar, akkreditatsiya jarayonlari bo‘yicha tajriba almashish.
1991
300+
Ispaniya
Osiyo–Tinch okeani mintaqasida ta’lim sifatini ta’minlash tarmog‘i
Mintaqada agentlikning nufuzini oshirish va Osiyo–Tinch okeani mamlakatlarining ta’lim sifati tashkilotlari bilan tarmoq doirasida yaqindan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;
Agentlik xodimlari salohiyatini oshirish bo‘yicha mintaqaviy dasturlar, treninglar, konferensiyalar va qo‘shma loyiha tashabbuslarida faol ishtirok etish.
2003
200+
Xitoy
Oliy ta’lim sifatini ta’minlash bo‘yicha Yevropa assotsiatsiyasi
Xalqaro ekspertlar tarmog‘iga integratsiyalashuvni ta’minlash hamda milliy sifat ta’minoti tizimini Yevropa oliy ta’lim hududi talablariga moslashtirishga erishish;
Agentlik faoliyati orqali akkreditatsiya jarayonlarining xalqaro tan olinishiga erishish, institutsional salohiyatni mustahkamlash va O‘zbekiston oliy ta’lim dasturlarining xalqaro raqobatbardoshligini oshirish.
2000
100+
Belgiya
Informatika ta’limida sifatni ta’minlash bo‘yicha Yevropa tarmog‘i
Informatika va IT ta’limi bo‘yicha ixtisoslashgan talablar hamda kompetensiyalar tizimini takomillashtirish;
Ta’lim dasturlarini mehnat bozori ehtiyojlari va texnologik o‘zgarishlar bilan uyg‘un holda baholashni rivojlantirish.
2009
100+
Germаniya
Markaziy va Sharqiy Yevropa oliy ta’lim sifatini ta’minlash agentliklari tarmog‘i
Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlarining oliy ta’limda sifatni ta’minlashga oid yondashuvlari va institutsional modellarini chuqur o‘rganish, tashqi baholash, akkreditatsiya hamda monitoring mexanizmlarini takomillashtirish;
Mazkur hamkorlik orqali ta’lim sifatini ta’minlash sohasida mintaqaviy tajriba almashinuvini yo‘lga qo‘yish, umumiy standartlarni uyg‘unlashtirish.
2001
45+
Germаniya
Muhandislik ta’limini akkreditatsiyalash bo‘yicha Yevropa tarmog‘i
Muhandislik ta’limi uchun sifat talablarini takomillashtirish, muhandislik dasturlarini baholashda sanoat ehtiyojlari, amaliy ko‘nikmalar va bitiruvchilarning kasbiy tayyorgarligini aks ettiruvchi mezonlarni kuchaytirish;
Muhandislik ta’limi sifatini ta’minlash tizimini EUR-ACE® standartlariga uyg‘unlashtirish, muhandislik ta’lim dasturlarining xalqaro tan olinishiga erishish va ularning raqobatbardoshligini oshirish.
2006
30+
Belgiya
Kasbiy ta’lim va malaka oshirish xalqaro assotsiatsiyasi
Kasbiy ta’lim va malaka oshirish tizimida sifat, moslashuvchanlik va mehnat bozori ehtiyojlariga yo‘naltirilgan yondashuvlarni rivojlantirish;
Kasbiy ta’lim dasturlarini baholashda kompetensiyaga asoslangan ta’lim, ish beruvchilar ishtiroki va bandlik natijalarini aks ettiruvchi mezonlarni kuchaytirish.
1984
50+
AQSH