Ta'lim sifatini ta'minlash milliy agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari, Akkreditatsiya komissiyasi raisi o‘rinbosari
Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD). Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti hamda O‘zbekiston Milliy universitetida tahsil olgan. Ta'lim tizimini boshqarish, kasbiy va oliy ta'limni rivojlantirish, ta'lim sifatini baholash va ta'lim loyihalarini amalga oshirish sohalarida katta tajribaga ega. Mehnat faoliyati davomida umumiy o‘rta ta'lim, akademik litseylar, kasb-hunar ta'limi va oliy ta'lim tizimlarida pedagogik hamda rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritgan. Shuningdek, Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda “Ta'lim sohasidagi loyihalar markazi”da ta'lim siyosatini rivojlantirish va ta'lim islohotlarini amalga oshirishga qaratilgan qator tashabbuslarda ishtirok etgan. Hozirda Ta'lim sifatini ta'minlash milliy agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari vazifasida ta'lim sifatini baholash, akkreditatsiya tizimini takomillashtirish va ta'lim tashkilotlarida sifat madaniyatini rivojlantirish yo‘nalishlarida faoliyat olib bormoqda.