Helvetas VET4UZ loyihasi direktor o‘rinbosari
Kasbiy va oliy ta'limda sifatni ta'minlash yo‘nalishidagi yetakchi mutaxassislardan biri. Faoliyati davomida ta'lim sifatini baholash, institutsional rivojlanish, akkreditatsiya tizimlarini joriy etish hamda sifat menejmenti mexanizmlarini takomillashtirish bilan shug‘ullangan. EQAVET va ESG kabi xalqaro standartlar asosida sifatni ta'minlash tizimlarini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha katta tajribaga ega. Jahon banki, UNESCO, GIZ, HELVETAS va boshqa xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda ta'lim tizimini modernizatsiya qilishga qaratilgan loyihalarda ishtirok etgan. Hozirda Helvetas VET4UZ loyihasi doirasida professional ta'lim muassasalarida sifat boshqaruvini rivojlantirish va xalqaro tajribalarni joriy etish bo‘yicha faoliyat yuritmoqda.