Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari
Davlat boshqaruvi va ta'lim sifatini baholash sohasida katta tajribaga ega mutaxassis. Toshkent xalqaro Vestminster universitetida bakalavriat va magistratura ta'limini olgan. Mehnat faoliyati davomida xususiy sektor, Toshkent shahar hokimligi, Davlat test markazi hamda Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligida mas'ul va rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritgan. Ta'lim muassasalarini litsenziyalash, akkreditatsiyalash va sifatni baholash tizimlarini rivojlantirish bo‘yicha qator islohotlarda bevosita ishtirok etgan. Hozirda Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari sifatida oliy va professional ta'lim tizimini modernizatsiya qilish, ilm-fan salohiyatini oshirish hamda xalqaro standartlarni joriy etish yo‘nalishlarida faoliyat olib bormoqda.