Savdo-sanoat palatasi raisi o‘rinbosari
Moliya-bank sohasi, inson resurslarini boshqarish va davlat boshqaruvi yo‘nalishlarida katta tajribaga ega mutaxassis. Faoliyatini bank tizimida boshlagan bo‘lib, kreditlash, moliyaviy boshqaruv va korporativ rivojlanish masalalari bilan shug‘ullangan. Turli yillarda oliy ta'lim muassasalari, davlat tashkilotlari va bank tizimida rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritgan. Kadrlar siyosatini takomillashtirish, ayollar va yoshlarning iqtisodiy faolligini oshirish hamda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan tashabbuslarda faol ishtirok etgan. Hozirda Savdo-sanoat palatasi raisi o‘rinbosari sifatida biznes hamjamiyat va ta'lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish hamda malakali kadrlar tayyorlash masalalari bilan shug‘ullanmoqda.