Ta'lim sifatini ta'minlash milliy agentligi Metodologiya, ekspertlarni tayyorlash va reyestrlarni yuritish guruhi rahbari
Filologiya fanlari doktori (DSc), professor. Ta'lim, ilm-fan va innovatsiyalar sohasida 20 yildan ortiq professional tajribaga ega. Faoliyati davomida oliy ta'limni rivojlantirish, xalqaro hamkorlikni kengaytirish, inson kapitalini rivojlantirish hamda ilm-fan va ta'lim integratsiyasi yo‘nalishlarida mas'ul va rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritgan. Innovatsion rivojlanish vazirligida ishlagan davrida ilmiy-tadqiqot faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va innovatsion ekotizimni rivojlantirishga qaratilgan qator tashabbuslarni amalga oshirishda ishtirok etgan. Hozirda milliy akkreditatsiya tizimini takomillashtirish, ekspertlar korpusini shakllantirish, metodologik yondashuvlarni ishlab chiqish va ta'lim sifatini baholash mexanizmlarini rivojlantirish bo‘yicha faoliyat olib bormoqda.