Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri o‘rinbosari
Yuridik fanlar nomzodi, dotsent. Oliy ta'lim va davlat boshqaruvi tizimida ko‘p yillik tajribaga ega mutaxassis. Mehnat faoliyati davomida pedagog, kafedra mudiri, akademik litsey direktori va prorektor lavozimlarida ishlagan. Ta'lim jarayonini tashkil etish, yoshlar bilan ishlash, huquqiy madaniyatni rivojlantirish hamda professional ta'lim tizimini takomillashtirish yo‘nalishlarida katta tajriba orttirgan. 150 dan ortiq ilmiy ishlar, monografiyalar va o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar muallifi hisoblanadi. Davlat boshqaruvi faoliyati davomida bandlik, mehnat munosabatlari va ijtimoiy himoya sohalariga oid qator normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etgan. Hozirda bandlik va ijtimoiy rivojlanish siyosatini amalga oshirish bo‘yicha faoliyat yuritmoqda.