Menyu

Respublika bo‘yicha bitiruvchilarning ishga joylashish tezligi o‘rtacha 2 oy 27 kunni tashkil qilgan

2 Sentyabr, 2026

239

Ishga joylashish tezligi eng tez va past oliygohlar bilan tanishing.

Bitiruvchilar sifati indeksining muhim ko‘rsatkichlaridan biri ishga joylashish tezligi sanaladi. U bitiruvchining diplom olgan kunidan boshlab ishga joylashguniga qadar qancha vaqt ketganini ko‘rsatadi.

Shunday qilib Respublika bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkich – 2 oy 27 kunni tashkil qilgan.

Mulkchilik shakliga ko‘ra:

▫️ Nodavlat oliygohlar – 2 oy 10 kun;
▫️ Davlat oliygohlar – 2 oy 29 kun;
▫️ Xorijiy universitetlar filiallari – 3 oy 20 kun.



Ammo oliygohlar kesimida natijalar ancha farq qiladi.

Bitiruvchilari eng tez ishga joylashgan oliygohlar:

➖ Qarshi xalqaro universiteti – 1 oy 4 kun;
➖Toshkent shahridagi Vebster universiteti – 1 oy 8 kun;
➖Nordik xalqaro universiteti – 1 oy 14 kun;
➖G.V.Plexanov nomidagi Rossiya Iqtisodiyot universiteti Toshkent filiali – 1 oy 17 kun;
➖Andijon davlat universiteti – 1 oy 18 kun.

Ishga joylashish muddati uzoqroq bo’lgan oliygohlar:

➖S.A. Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya universiteti Toshkent shahridagi filiali – 5 oy 21 kun;
➖O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining Urganch filiali – 6 oy 1 kun;
➖I.M.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universiteti Toshkent shahridagi filiali – 5 oy 21 kun;
➖ISFT instituti – 5 oy 13 kun;
➖Toshkent farmatsevtika instituti – 5 oy 10 kun.

Eslatib o’tamiz, "Bitiruvchilar sifati indeksi"ni baholashda ma’lumotlar 10 ta davlat axborot tizimi, jumladan, HEMIS, soliq, mehnat, ijtimoiy himoya, bojxona va boshqa axborot tizimlaridagi ma’lumotlardan foydalanilgan holda avtomatik shakllantirilgan.

Powered by GSpeech