Menyu

Central Asian University kompleks davlat akkreditatsiyasidan o‘tdi

19 Oktyabr, 2026

65

Baholash universitet faoliyatini boshqaruvdan moddiy-texnik bazagacha bo'lgan 8 ta yo‘nalishini qamrab oldi.

Komissiyaga Germaniyaning Gyote universiteti (dunyo reytingida 193-o‘rin) professori Luciano Rezzolla raislik qildi, baholashga talaba-ekspert ham jalb etildi.

Baholash natijasida ekspertlar tomonidan 33 ta kamchilik qayd etildi: 1 ta jiddiy, 32 ta kichik. Jumladan,

➖ universitet axborot tizimi HEMIS bilan integratsiya qilinmagan;
➖ asosiy shtatdagi professor-o‘qituvchilar ulushi 67 foiz, me’yor esa 70 foiz;
➖ ayrim dasturlarda laboratoriya, amaliyot bazalari va o‘quv adabiyotlari yetarli emas;
➖ ota-onalarni talabalarga oid qarorlar haqida xabardor qilish tizimi to‘liq yo‘lga qo‘yilmagan.



Muhim raqamlar:

➖talabalar soni 2 yilda 22,4 foizga kamaygan: 2 522 dan 1 956 nafarga;
➖2024/2025 o‘quv yilida talabalarning qariyb 30 foizi (598 nafar) o‘qishdan chetlashtirilgan;
➖bitiruvchilar bandligi 79,1 foizdan 72,2 foizga pasaygan.

Kamchiliklarni bartaraf etish uchun 26 ta chora-tadbir rejasi ishlab chiqildi.

Kompleks akkreditatsiya bo‘yicha sharh.
Kompleks akkreditatsiya bo‘yicha Ekspertlar komissiyasi
xulosasi.

Powered by GSpeech