Oʻrta maxsus taʼlim tashkilotlari oʻquvchilarni oliy taʼlimga, kasbiy taʼlim tashkilotlari esa ichki va tashqi mehnat bozoriga tayyorlashda hal qiluvchi rol oʻynaydi. Shu boisdan, taʼlim tashkilotlarida sifatni ichki taʼminlash tizimini shakllantirish va izchil rivojlantirish dolzarb ahamiyatga ega.
Ichki sifatni ta’minlash ishtirokchilari quyidagi ikki turga boʻlinadi:
Ichki manfaatdor tomonlar
Tashqi manfaatdor tomonlar
Rahbariyat
Professor-oʻqituvchilar
Ilmiy izlanuvchilar
Talabalar
Ichki sifatni ta’minlash boʻlinmasi
Ish beruvchilar
Ota-onalar yoki qonuniy vakillar
Mas’ul vazirlik va idoralar
Bitiruvchilar
Jamoatchilik va fuqarolik jamiyati institutlari
Oliy ta’lim tashkilotlari
Xalqaro tashkilotlar va donorlar
Ommaviy axborot vositalari
Taʼlim tashkilotlarida sifatni ichki taʼminlash jarayonida ichki va tashqi manfaatdorlarning oʻrni muhim hisoblanadi. Ichki manfaatdor tomonlar taʼlim jarayonini samarali tashkil etishda ishtirok etishsa, tashqi manfaatdor tomonlar taʼlim sifatiga oʻzlarining talablarini qoʻyish, koʻmaklashish va maslahat berish orqali taʼlim tashkilotining rivojlanishiga oʻz hissalarini qoʻshadilar.
Taʼlim tashkiloti ichki baholash natijasida shakllantirilgan hisobotni elektron va qogʻoz shaklida quyidagi muddatlarda Agentlikka taqdim etadi:
Maxsus davlat akkreditatsiyasi boshlanishidan kamida bir oy oldin
Kompleks davlat akkreditatsiyasi boshlanishidan kamida ikki oy oldin
Ichki baholash kompleks davlat akkreaditatsiyasi oʻtkaziladigan oʻquv yilida oʻtkaziladi. Bunda taʼlim tashkilotining oxirgi ikki yillik hamda davlat akkreditatsiyasidan oʻtkaziladigan oʻquv yilidagi faoliyati tahlili qamrab olinadi.
Taʼlim sifatini uzluksiz amalga oshirish
Taʼlim sifatini taʼminlashga boʻlgan javobgarlik va masʼuliyatni oshirish
Taʼlim xizmatlari sifatini rivojlantirish yoʻnalishlarini belgilash
Taʼlim tashkiloti (dastur)ni tashqi baholashga tayyorlash
Hisobdorlik va sifatni taʼminlash madaniyatini ragʻbatlantiruvchi ichki tizimni shakllantirish
Ichki baholash hisoboti quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Taʼlim tashkiloti toʻgʻrisida umumiy maʼlumot
Har bir baholash yoʻnalishi va mezoni kesimida taʼlim xizmatlari sifatining tizimli tahlili va ularni rivojlantirish yoʻnalishlari
Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha harakatlar rejasi
Asoslantiruvchi va tasdiqlovchi hujjatlar
Agentlik ichki baholash hisobotini oʻrganadi va undan tashqi baholash jarayonida foydalanadi.