Menyu

Oliy ta’lim tashkilotlarida ichki sifatni ta’minlash

Ichki sifatni doimiy monitoring qilish, oʻzini oʻzi baholash va ichki audit mexanizmlarini joriy etish orqali ta’lim tashkilotoni tashqi baholashga puxta tayyorgarlik koʻradi hamda oʻz faoliyatining shaffofligini ta’minlaydi. Shuningdek, ichki sifatni ta’minlashda mavjud moddiy-texnik baza, professor-oʻqituvchilar salohiyati va boshqaruv resurslaridan oqilona va samarali foydalanishga koʻmak beradi. Ushbu tizim ta’lim tashkiloti xodimlarini oʻz faoliyatini tahlil qilish, yangicha yondashuvlarni qoʻllash, oʻzaro tajriba almashish va uzluksiz oʻrganishga undaydi, bu esa ularning professional rivojlanishiga turtki boʻladi.

Oliy ta’lim tashkilotlarida ichki sifatni ta’minlash

Ichki sifatni ta’minlash ishtirokchilari va ularning vazifalari

Ichki sifatni ta’minlash ishtirokchilari quyidagi ikki turga boʻlinadi:

Ichki manfaatdor tomonlar

Tashqi manfaatdor tomonlar

Ichki manfaatdor tomonlar

Rahbariyat

Professor-oʻqituvchilar

Ilmiy izlanuvchilar

Talabalar

Ichki sifatni ta’minlash boʻlinmasi

Tashqi manfaatdor tomonlar

Ish beruvchilar

Ota-onalar yoki qonuniy vakillar

Mas’ul vazirlik va idoralar

Bitiruvchilar

Jamoatchilik va fuqarolik jamiyati institutlari

Oliy ta’lim tashkilotlari

Xalqaro tashkilotlar va donorlar

Ommaviy axborot vositalari

Taʼlim tashkilotlarida sifatni ichki taʼminlash jarayonida ichki va tashqi manfaatdorlarning oʻrni muhim hisoblanadi. Ichki manfaatdor tomonlar taʼlim jarayonini samarali tashkil etishda ishtirok etishsa, tashqi manfaatdor tomonlar taʼlim sifatiga oʻzlarining talablarini qoʻyish, koʻmaklashish va maslahat berish orqali taʼlim tashkilotining rivojlanishiga oʻz hissalarini qoʻshadilar.

Taʼlim tashkilotida taʼlim sifatini ichki baholash tartibi

Taʼlim tashkiloti ichki baholash natijasida shakllantirilgan hisobotni elektron va qogʻoz shaklida quyidagi muddatlarda Agentlikka taqdim etadi:

Maxsus davlat akkreditatsiyasi boshlanishidan kamida bir oy oldin

Kompleks davlat akkreditatsiyasi boshlanishidan kamida ikki oy oldin

Ichki baholash kompleks davlat akkreaditatsiyasi oʻtkaziladigan oʻquv yilida oʻtkaziladi. Bunda taʼlim tashkilotining oxirgi ikki yillik hamda davlat akkreditatsiyasidan oʻtkaziladigan oʻquv yilidagi faoliyati tahlili qamrab olinadi.

Ichki baholash vazifalari

Taʼlim sifatini uzluksiz amalga oshirish

Taʼlim sifatini taʼminlashga boʻlgan javobgarlik va masʼuliyatni oshirish

Taʼlim xizmatlari sifatini rivojlantirish yoʻnalishlarini belgilash

Taʼlim tashkiloti (dastur)ni tashqi baholashga tayyorlash

Hisobdorlik va sifatni taʼminlash madaniyatini ragʻbatlantiruvchi ichki tizimni shakllantirish

Ichki baholash hisoboti

Ichki baholash hisoboti quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

Taʼlim tashkiloti toʻgʻrisida umumiy maʼlumot

Har bir baholash yoʻnalishi va mezoni kesimida taʼlim xizmatlari sifatining tizimli tahlili va ularni rivojlantirish yoʻnalishlari

Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha harakatlar rejasi

Asoslantiruvchi va tasdiqlovchi hujjatlar

Agentlik ichki baholash hisobotini oʻrganadi va undan tashqi baholash jarayonida foydalanadi.

Powered by GSpeech