Menyu

CEENQA — Oliy ta’limda sifatni ta’minlash agentliklarining Markaziy va Sharqiy Yevropa tarmog‘i

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ta’lim sifatini ta’minlash va ta’lim xizmatlari ko‘rsatish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2025-yil 5-maydagi PF–76-son Farmoniga muvofiq Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligiga ta’lim sifatini ta’minlash yo‘nalishida xalqaro hamkorlikni kengaytirish, sifatni baholash sohasidagi xalqaro tashkilotlarga a’zo bo‘lish hamda milliy akkreditatsiya tizimining xalqaro darajada tan olinishini ta’minlash vazifalari belgilangan.

Mazkur vazifalar ijrosini ta’minlash, O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim sifatini ta’minlash sohasida xalqaro integratsiyasini kengaytirish hamda milliy akkreditatsiya tizimini xalqaro standartlar va ilg‘or tajribalar bilan uyg‘unlashtirish maqsadida Agentlik tomonidan Oliy ta’limda sifatni ta’minlash agentliklarining Markaziy va Sharqiy Yevropa tarmog‘i (Central and Eastern European Network of Quality Assurance Agencies in Higher Education — CEENQA) bilan muzokaralar olib borildi. Natijada, 2026-yil 10-iyun kuni Agentlik mazkur tarmoqning rasmiy to‘laqonli a’zoligiga erishildi.

CEENQA — Oliy ta’limda sifatni ta’minlash agentliklarining Markaziy va Sharqiy Yevropa tarmog‘i

CEENQA 2001-yil 13-oktabrda Polshaning Krakov shahrida tashkil etilgan bo‘lib, bundan bir yil avval Vengriyaning Budapesht shahrida ushbu tarmoqni shakllantirish bo‘yicha ilk uchrashuv bo‘lib o‘tgan. 2011-yilda tarmoq CEENQA qisqartma nomini qabul qilib, Germaniyaning Dyusseldorf shahrida uyushma sifatida rasmiy ro‘yxatdan o‘tgan. CEENQA oliy ta’limda sifatni ta’minlash agentliklari o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirish, ularning faoliyatini uyg‘unlashtirish va Yevropa oliy ta’lim makonini rivojlantirishga hissa qo‘shuvchi nodavlat va notijorat tashkilot hisoblanadi.

Bugungi kunda CEENQA 28 ta mamlakatdan 46 ta a’zo tashkilotni, jumladan 44 ta to‘laqonli a’zo va 2 ta kuzatuvchi maqomidagi tashkilotni birlashtiradi. Tarmoq oliy ta’limda sifatni ta’minlash agentliklari o‘rtasida hamkorlikni mustahkamlash, ilg‘or tajribalarni almashish, tashqi sifatni ta’minlash yondashuvlarini uyg‘unlashtirish hamda oliy ta’lim sifatini oshirishga xizmat qiluvchi muhim mintaqaviy platformalardan biri hisoblanadi.

2001-yil
2001-yil
tashkil etilgan
28 ta
28 ta
mamlakat
46 ta
46 ta
a’zo tashkilotlar soni
44 ta
44 ta
to‘laqonli a’zolar soni
2 ta
2 ta
kuzatuvchi maqomidagi tashkilotlar
Myunster, Germaniya
Myunster, Germaniya
bosh ofis
2026-yil 10-iyun
2026-yil 10-iyun
Agentlikning CEENQAga to‘laqonli a’zo bo‘lgan sanasi
O‘zbekiston Respublikasi uchun strategik ahamiyati

Mazkur tarmoqning to‘laqonli a’zoligiga erishish O‘zbekistonning xalqaro ta’lim makoniga integratsiyalashuvi yo‘lidagi muhim bosqich hisoblanadi. Bu mamlakat oliy ta’lim tizimining xalqaro akademik hamjamiyatdagi o‘rnini mustahkamlash, milliy sifatni ta’minlash mexanizmlarining xalqaro darajada e’tirof etilishi, ishonchliligi va raqobatbardoshligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

APQNning asosiy missiyasi

APQNning bosh maqsadi Osiyo-Tinch okeani mintaqasida oliy ta’lim sifatini oshirish, sifatni ta’minlash agentliklari faoliyatini mustahkamlash va ular o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirishdan iborat. Tashkilot o‘zining “Sifatli mintaqa uchun chegaralarni yo‘qotamiz” (“Dissolving Boundaries for a Quality Region”) shiori asosida sifatni ta’minlash nazariyasi va amaliyotini rivojlantirish, oliy ta’lim muassasalarining ichki sifat tizimlarini takomillashtirish, talabalar va mutaxassislarning xalqaro mobilligini rag‘batlantirish hamda mintaqadagi sifatni ta’minlash organlarining salohiyatini oshirishga xizmat qiladi.

A’zolik tuzilmasi
  • Full Members (To‘laqonli a’zolar) — milliy tashqi sifatni ta’minlash agentliklari;
  • Intermediate Members (Oraliq a’zolar) — submilliy yoki yangi tashkil etilgan agentliklar;
  • Associate Members (Assotsiatsiyalashgan a’zolar) — sifatni ta’minlash bilan bog‘liq tarmoqlar va professional tashkilotlar;
  • Institutional Members (Institutsional a’zolar) — ichki sifatni ta’minlash tizimlarini rivojlantirishga intilayotgan oliy ta’lim muassasalari.
To‘laqonli a’zolikning asosiy afzalliklari
Xalqaro ko‘rinuvchanlik
Agentlikning CEENQA rasmiy platformalari va a’zolik hamjamiyati orqali xalqaro ko‘rinuvchanligini oshiradi.
Bosh assambleyada ishtirok etish
CEENQAning yillik Bosh assambleyasi va tematik seminarlarida qatnashish imkonini beradi.
Mintaqaviy va xalqaro hamkorlik
Markaziy va Sharqiy Yevropa hamda boshqa hududlardagi sifatni ta’minlash agentliklari bilan tizimli hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi.
Ilg‘or tajribalar almashinuvi
Yetakchi tashqi sifatni ta’minlash tizimlari tajribasini o‘rganish va ularni milliy sharoitga moslashtirish imkoniyatini yaratadi.
Xodimlar va ekspertlar salohiyatini oshirish
Xodimlar va ekspertlar salohiyatini oshirish
Yevropa loyihalarida ishtirok etish
Oliy ta’limda sifatni ta’minlashni takomillashtirishga qaratilgan xalqaro va Yevropa loyihalarida ishtirok etish imkoniyatlarini ochadi.
Boshqaruvdagi ishtirok imkoniyatlari
Tarmoq qoidalariga muvofiq CEENQA boshqaruv tuzilmalarida, jumladan Ijroiya kengashida ishtirok etish imkonini beradi.
Tematik nashrlar va bilim almashinuvi
CEENQA axborot byulletenlari, tematik nashrlari va oliy ta’limda sifatni ta’minlashga oid tahliliy materiallardan foydalanish imkoniyatini beradi.
Powered by GSpeech