Raximboev Sardor Qahramonovich 1985-yil 16-iyunda Toshkent viloyatida tug‘ilgan, millati o‘zbek, ma'lumoti oliy. Oilali, ikki nafar farzandi bor.
- 2008-2008-yy. — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi Toshkent viloyati statistika boshqarmasi birinchi toifali mutaxassisi, yetakchi mutaxassisi.
- 2009-2009-yy. — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistikasi qoʻmitasi birinchi toifali iqtisodchisi, yetakchi mutaxassisi.
- 2009-2010-yy. — Toshkent viloyati hokimligi Iqtisodiyot bosh boshqarmasi yetakchi mutaxassisi.
- 2010-2015-yy. — Toshkent axborot texnologiyalari universiteti assistenti, katta oʻqituvchisi, dekani muovini.
- 2015-2019-yy. — Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bosh mutaxassisi.
- 2020-2022-yy. — “Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi” davlat unitar korxonasi bosh mutaxassisi, xizmat boshligʻi.
- 2022-2023-yy. — Xalq taʼlimi vazirligi boshqarma boshligʻi.
- 2023-2025-yy. — Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi boʻlim boshligʻi, boshqarma boshligʻi, departament direktori v.b.
- 2025-yil 18-sentyabrdan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Ta'lim sifatini ta'minlash milliy agentligi direktori o‘rinbosari lavozimida ishlab kelmoqda.