Menyu
leadership

Abdullayev Amirulla Hazratovich

Direktorning birinchi o'rinbosari

Vazifalari

Quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha ishlar samaradorligini oshirish va vazifalar o‘z vaqtida ijro etilishini ta'minlash choralarini ko‘radi:

  • Oliy va oliy ta'limdan keyingi ta'lim tashkilotlari sifati baholash jarayonlarini tashkil etish, baholash mezonlari va indikatorlarining to‘g‘ri qo‘llanilishi, baholash natijalarining shaffofligi va ob'ektivligini ta'minlash.
  • O‘rta maxsus va kasbiy ta'lim tashkilotlari sifati baholash yo‘nalishini muvofiqlashtirish, baholash jarayonlariga zamonaviy metodologiyalarni joriy etish, tahliliy hisobotlar va natijalar sifatini oshirish.
  • Kadrlarni qayta tayyorlash va malakani oshirish tashkilotlari sifati baholash ishlarini tashkil qilish, ta'lim dasturlari va o‘quv jarayonlarini baholashda yagona yondashuvni ta'minlash, tizim samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.
  • Akkreditasiya jarayonlarini rejalashtirish va amalga oshirilishini nazorat qilish, akkreditasiya materiallari va xulosalarini belgilangan tartibda rasmiylashtirish, jarayonlarning amaldagi qonunchilik va standartlarga muvofiq bo‘lishini ta'minlash.
  • Post-akkreditasiya monitoringini yuritish, akkreditasiyadan o‘tgan ta'lim tashkilotlarida belgilangan talablarga rioya etilishini muntazam o‘rganib borish, monitoring natijalari asosida takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash.
  • Tegishli yo‘nalishlar kesimida tahliliy ma'lumotlar, hisobotlar va takliflar tayyorlash, direktorga qaror qabul qilish uchun zarur axborot taqdim etish.va boshqa vazifalar.

Mehnat faoliyati

Abdullaev Amirulla Xazratovich 1980 yil 23 dekabrda Sirdaryo viloyatida tug‘ilgan, millati o‘zbek, ma'lumoti oliy. Oilali, uch nafar farzandi bor.

  • 2001 yil Guliston davlat universiteti talabasi bakalavr yo‘nalishini muvaffaqiyatli tamomlagan.
  • 2010 yil Xirosima universiteti magistratura yo‘nalishini muvaffaqiyatli tamomlagan.
  • 2002 yilda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar Akademiyasi ingliz tili o‘qituvchisi lavozimida o‘z faoliyatini boshlagan.
  • 2006 – 2008-yillarda Toshkent shahridagi Vestminster universiteti ingliz tili o‘qituvchisi.
  • 2010 – 2012-yillarda Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti, akademik lingvistik markazi mudiri, dekan vazifasini bajaruvchisi.
  • 2014 – 2018-yillarda INHA universiteti Uzluksiz ta'lim markazi menejeri.
  • 2018 – 2019-yillarda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab direktori.
  • 2019 – 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi direktor o‘rinbosari.
  • 2021 – 2023-yillarda Astrum IT akademiyasi bosh direktori.
  • 2023 – 2024-yillarda Toshkent xalqaro ta'lim universiteti menejeri.
  • 2025 – 2025-yilda Amerika texnologiyalar universiteti bosh direktor o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan.
  • “O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligiga 25 yil” ko‘krak nishoni
  • “O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasiga 25 yil” ko‘krak nishoni
  • “O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligiga 30 yil” ko‘krak nishoni
  • “O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasiga 30 yil” ko‘krak nishonlariga ega.
  • 2025-yil 10-sentyabrdan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Ta'lim sifatini ta'minlash milliy agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelmoqda.
Powered by GSpeech