Menyu

Talabalar bildirgan muammolar bo‘yicha qanday choralar ko‘rildi?

30 Sentyabr, 2026

165

2026-yilgi Umummilliy talabalar so‘rovnomasi asosida ta’lim muhitiga oid tahliliy sharh tayyorlandi.

Umumiy natijalarda ijobiy baholar ustun bo‘lsa-da, talabalar ishga joylashishga ko‘maklashish, baholashning adolatliligi, raqamli xizmatlar, auditoriya va laboratoriyalar hamda yashash sharoitlariga oid muammolarni ham ko‘targan.

Talabalar fikrini o‘rganish ishlari doirasida quyidagi choralar ko‘rildi:

Salbiy natijalar qayd etilgan oliygohlarga 162 ta ogohlantirish yuborilib, kamchiliklarni bartaraf etish chora-tadbirlari belgilandi.

Bitiruvchilarning mehnat bozoridagi natijalarini baholash uchun ‟Bitiruvchilar sifati indeksi — BSI” ishlab chiqilib, raqobatni rivojlantirish orqali talabalarni qo‘llab-quvvatlash kuchaytirildi.

Oliygohlar xodimlari uchun xorijiy tashkilotlarda maqsadli stajirovkalar yo‘lga qo‘yildi.



Bu choralar barcha muammolar to‘liq hal etilganini anglatmaydi. Ularning samarasi uzoq muddatli istiqbolda talabalar imkoniyatlaridagi amaliy o‘zgarishlarda ko‘rinadi.

Powered by GSpeech