Menyu

O‘zbekistonda dunyoning 50 dan ortiq davlatidan kelgan talabalar tahsil olmoqda

24 Avgust, 2026

43

O‘zbekiston oliy ta’lim tashkilotlarida xorijiy talabalar soni 24 647 nafarni tashkil qiladi.

Ularning eng katta qismi Hindiston fuqarolari – 13 060 nafar. Keyingi o‘rinlarda Turkmaniston – 4 884 nafar, Pokiston – 1 165 nafar ва Qozog‘iston – 1 129 nafar qayd etilgan.

Xorijiy talabalar orasida eng ommabop yo‘nalish tibbiyot bo'lib, ushbu yo‘nalishda 16 476 nafar xorijiy talaba yoki xorijiy talabalar kontingentining qariyb 67 foizini qamrab olgan.

Eng ko‘p xorijiy talabalar Toshkent davlat tibbiyot universitetida – 4 155 nafar, Samarqand davlat tibbiyot universitetida – 4 153 nafar, TIQXMMI Milliy tadqiqot universitetida – 2 886 nafar, Buxoro davlat tibbiyot institutida – 2 178 nafar hamda O‘zbekiston Milliy universitetida – 1 917 nafar.

Son bo‘yicha TOP-10 talikka, shuningdek, Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti, Andijon davlat tibbiyot instituti, Urganch davlat tibbiyot instituti, Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali va Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti ham kiradi.

Oliy ta’lim tashkilotlarining mazkur indikator bo‘yicha natijalari va toifalar kesimidagi reytingi bilan ilova qilinayotgan batafsil axborot-tahliliy sharhda tanishishingiz mumkin.

HEMIS ma’lumotlari asosida tayyorlandi

Powered by GSpeech