14 Aprel, 2026
75
Bugun Association of MBAs & Business Graduates Association – AMBA & BGA (Biznes boshqaruvi hamda menejment va Biznes ta’lim yo‘nalishi assotsiatsiyasi) bilan hamkorlikda “O‘zbekiston oliy ta’limida sifatni ta’minlashni mustahkamlash: AMBA & BGA tajribalari” mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tdi.
Seminarda oliy ta’lim tashkilotlari rahbar vakillari va ta’lim sifatini ta’minlashga mas’ul xodimlar hamda xalqaro ekspertlar ishtirok etdi.
Seminar doirasida biznes yo‘nalishi bo‘yicha oliy ta’limda sifatni ta’minlash, ta’lim dasturlarini AMBA & BGA talablari asosida xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish jarayonlari, oliygohlar uchun institutsional rivojlanish strategiyalari, ta’lim dasturlarini global standartlar va mehnat bozori talablariga moslashtirish kabi dolzarb masalalar muhokama qilindi.
Seminar doirasida ishtirokchilar xalqaro ekspertlar bilan bevosita muloqot qilish hamda biznes ta’limidagi so‘nggi o‘zgarishlar va talablar haqida fikr almashish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Kun davomida bir nechta sessiyalar tashkil etilib, ular doirasida xalqaro tajribalar, Britaniya biznes maktablari bilan hamkorlik, ta’limda sifatni ta’minlash mexanizmlari hamda innovatsion yondashuvlar muhokama qilindi.
Xususan, AMBA & BGA’ning yetakchi mutaxassislari – Debbie Kemp, Richard Turner kabi ekspertlar o‘z taqdimotlari bilan qatnashib, interaktiv savol-javoblar, davra suhbatlari va muhokamalar o‘tkazdi.
Shuningdek, tadbir doirasida AMBA & BGA’ga a’zo bo‘lgan oliy ta’lim tashkilotlariga sertifikatlar topshirish marosimi ham bo‘lib o‘tdi.
Ta'kidlash joizki, ushbu jarayon O‘zbekiston oliy ta’lim tizimining xalqaro darajada e’tirof etilishida muhim qadamlardan biri bo'ldi.