Menyu

Milliy malaka tizimining holati bo‘yicha seminar-trening tashkil etildi

14 Avgust, 2026

74

 

Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligida xodimlarning kasbiy bilim va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida “Milliy malaka tizimining holati va rivojlanish istiqbollari” mavzusida seminar trening tashkil etildi.

Treningda Milliy malaka tizimini rivojlantirish institut direktori va mas’ul mutaxassislar tomonidan O‘zbekistonda Milliy malaka tizimini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, erishilgan natijalar, amaldagi institutsional tuzilma hamda istiqboldagi ustuvor vazifalar haqida ma’lumot berildi.

Muloqot davomida faoliyat yuritayotgan 24 ta tarmoq kengashining vazifalari va joriy yildagi faoliyati, shuningdek, “Mehnat bozorini prognozlashtirish → Milliy malakalar ramkasi → tarmoq malaka ramkalari → kasbiy standartlar → malaka standartlari → ta’lim dasturlari → malakani baholash va tan olish” o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni ta’minlash masalalari ham muhokama qilindi.

 

Powered by GSpeech