Menyu

O‘zbekistonda ish beruvchilar o‘rtasida Umummilliy so‘rovnoma boshlandi

29 Iyul, 2026

75

27-iyuldan Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi tomonidan ish beruvchilar o‘rtasida Umummilliy so‘rovnoma boshlandi.

So‘rovnomaning asosiy maqsadi oliy ta’lim tashkilotlari va texnikumlar bitiruvchilarining kasbiy tayyorgarligi, bilim va ko‘nikmalarini ish beruvchilar bahosi asosida o‘rganish hamda ularning zamonaviy mehnat bozori talablariga qay darajada mosligini aniqlashdan iborat.

So‘rovnoma doirasida ish beruvchilarning bitiruvchilarning kasbiy tayyorgarligi, amaliy ko‘nikma va kompetensiyalari,
mustaqil ishlash qobiliyati,
raqamli ko‘nikmalari va
mehnat bozori talablariga mosligi yuzasidan fikr va mulohazalari o‘rganiladi.

Tadqiqot respublika bo‘ylab oliy ta’lim tashkilotlari va texnikumlar bitiruvchilarini ishga qabul qilgan ish beruvchilarni qamrab oladi.

So‘rovnoma jarayonida Agentlik intervyuyerlari (volontyorlari) tomonidan telefon orqali intervyular o‘tkaziladi, shuningdek, zaruratga ko‘ra ish beruvchilar faoliyat yuritayotgan tashkilotlarga chiqqan holda ham suhbatlar tashkil etiladi.

Umummilliy ish beruvchilar so‘rovnomasi natijalari oliy ta’lim tashkilotlari va texnikumlarning Milliy reytingini shakllantirishda qo‘llaniladigan muhim indikatorlardan biri hisoblanadi.

Olingan ma’lumotlar kadrlar tayyorlash sifati, ta’lim dasturlarining mehnat bozori ehtiyojlariga muvofiqligi va bitiruvchilarning raqobatbardoshligini baholash, shuningdek, ta’lim sifatini yanada oshirishga qaratilgan taklif va chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun muhim tahliliy asos bo‘lib xizmat qiladi.

Powered by GSpeech