Menyu

O‘zbekiston oliygohlarida 61 mingdan ortiq professor-oʻqituvchi faoliyat yuritmoqda

19 Iyun, 2026

67

Bugungi kunda mamlakat oliy taʼlim tashkilotlarida 61 mingdan ortiq professor-oʻqituvchi faoliyat yuritmoqda.

Professor-o‘qituvchilar soni eng yuqori bo‘lgan oliygohlar:
➖Toshkent davlat tibbiyot universiteti – 2 529 nafar;
➖Oʻzbekiston milliy universiteti – 2 053 nafar;
➖Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti – 1 690 nafar;
➖O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti – 1 316 nafar;
➖Samarqand davlat tibbiyot universiteti – 1 265 nafar.

Hududlar kesimida professor-o‘qituvchilarning eng katta qismi Toshkent shahrida jamlangan bo‘lib, ularning soni 22 793 nafarni yoki respublika bo‘yicha umumiy ko‘rsatkichning 37 foizini tashkil etadi.

Hududlar orasida keyingi o‘rinlarda:
➖ Samarqand viloyati – 4 956 nafar;
➖ Farg‘ona viloyati – 4 452 nafar;
➖ Buxoro viloyati – 4 334 nafar professor-o‘qituvchi qayd etilgan.

Professor-o‘qituvchilar soni eng yuqori bo‘lgan 5 ta oliygoh mamlakatdagi barcha professor-o‘qituvchilarning qariyb 15 foizini o‘zida jamlagan.

Powered by GSpeech