29 Sentyabr, 2026
289
Texnikumlarda dual ta’limning joriy holati tahlil qilindi.
Tahlilga kiritilgan 679 ta texnikumda 442 227 nafar öquvçi tahsil olmoqda. Şundan 60 654 nafari, ya’ni 13,7 foizi dual ta’limga qamrab olingan.
E’tiborlisi, dual ta’limda tahsil olayotganlarning 27 962 nafari uçta kasb va mutaxassislik hissasiga töğri keladi. Bu jami dual ta’lim öquvçilarining 46,1 foizini taşkil etadi:
➖maktabgaça ta’lim taşkiloti tarbiyaçisi – 10 931 nafar;
➖avtomobillarni ta’mirlaş va ularga xizmat körsatiş – 9 131 nafar;
➖tikuvçi – 7 900 nafar.
Şarhda dual ta’lim qamrovi hududlar, texnikumlar, ta’lim bosqiçlari, kasb va mutaxassisliklar kesimida tahlil qilingan.
2030-yilga qadar texnikum öquvçilarining 40 foizini dual ta’limga qamrab oliş maqsadi belgilangan.
Töliq şarh bilan uşbu havolada tanişişingiz mumkin.