6 Fevral, 2026
434
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi vakillari bilan AQA Global Assessment Services vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi direktori Baxtiyor Yuldashev, birinchi direktor o‘rinbosari Amirulla Abdullayev, guruhi rahbarlari, AQA Global Assessment Servicesning xalqaro biznes hamkorlikni rivojlantirish yetakchisi Syed Shah, direktor o‘rinbosari Shaun Smith hamda mintaqaviy baholash bo‘yicha ekspert Vali Huseyn ishtirok etdilar.
Uchrashuv davomida tomonlar ta’lim sifatini ta’minlash sohasida xalqaro tajribani joriy etish, milliy tizimni mustahkamlash hamda inson kapitalini rivojlantirishga qaratilgan hamkorlik istiqbollarini muhokama qildilar. Tomonlar mazkur uchrashuv kelgusida uzoq muddatli va tizimli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun muhim asos bo‘lib xizmat qilishini ta’kidladi.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha quyidagi yo‘nalishlarda hamkorlikda ish olib borishga kelishib olindi:
• Agentlik hamda oliy ta’lim tashkilotlarining ta’lim sifatiga mas’ul xodimlari uchun salohiyatni oshirish (capacity building) dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
• Oliy ta’lim tashkilotlari reytingini shakllantirish metodologiyasini ishlab chiqish va takomillashtirish;
• Ta’lim sifatini baholashda foydalaniladigan so‘rovnomalar natijalarini tahlil qilish bo‘yicha zamonaviy yondashuvlarni joriy etish;
• O‘rta maxsus va kasbiy ta’lim uchun o‘quv dasturlarini hamkorlikda ishlab chiqish;
• Milliy malaka standardlarini xalqaro standardlarga uyg‘unlashtirishgan holda ishlab chiqish.