29 Iyul, 2026
111
Dilfuza Egamberdiyeva — Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazi direktori o‘rinbosari, professor hamda qishloq xo‘jaligi biotexnologiyasi bo‘yicha xalqaro ekspert.
Uning ilmiy va ekspertlik faoliyati qishloq xo‘jaligi biotexnologiyasi, oziq-ovqat xavfsizligi, iqlim o‘zgarishiga moslashuvchan qishloq xo‘jaligi va barqaror agrotexnologiyalarni rivojlantirish yo‘nalishlarini qamrab oladi.
Professor Dilfuza Egamberdiyeva dunyoning nufuzli ilmiy markazlari:
➖Angliyaning Manchester universiteti (QS reytingida 35-o‘rin);
➖Finlyandiyaning Helsinki universiteti (117-o‘rin);
➖Niderlandiyaning Leyden universiteti (119-o‘rin)
➖Germaniyaning Gumboldt universiteti (130-o‘rin);
➖Italiyaning Florensiya universitetida faoliyat olib borgan (358-o‘rin).
Dilfuza Egamberdiyeva O‘zbekistondagi eng yuqori h-indeks (h-index 54) ko‘rsatkichiga ega olimalardan biri bo‘lib, uning ilmiy ishlari xalqaro miqyosda keng e’tirof etilgan.