Menyu

Tanishing, mahalliy ekspertimiz!

6 Iyul, 2026

29

Jamshid Sultonov — Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Transformatsiya va xalqaro strategik rivojlantirish bo‘yicha prorektori, texnika fanlari doktori, professor.

U zamonaviy axborot texnologiyalari sohasida keng ilmiy va amaliy tajribaga ega mutaxassis bo‘lib, ta’lim sifatini xalqaro standartlar asosida rivojlantirish, innovatsion yondashuvlarni joriy etish hamda raqamli transformatsiya jarayonlarida faol ishtirok etib kelmoqda.

Jamshid Sultonov PhD darajasini dunyoning TOP-40 universitetlari qatoridan o‘rin olgan Janubiy Koreyaning Seul milliy universitetida olgan.

U Toshkent axborot texnologiyalari universiteti bitiruvchisi, UNESCO Entrepreneurship Education Network tarmog‘ining O‘zbekiston bo‘yicha Milliy sho‘basi koordinatori hamda Elektr va elektronika muhandislari instituti (IEEE) a’zosidir.

Powered by GSpeech