Menyu

Kasbiy ta’lim sifatini ta’minlash bo‘yicha xalqaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi

27 Avgust, 2026

56

UNESCOning kasbiy ta’lim (TVET) bo‘yicha eksperti Geoff Carroll bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda O‘zbekistonda kasbiy ta’lim tizimini rivojlantirish, sifatni ta’minlash va akkreditatsiya mexanizmlarini takomillashtirish, xalqaro tajribani milliy amaliyotga joriy etish masalalari muhokama qilindi.

Xususan, kasbiy ta’lim tashkilotlari va dasturlari uchun kompleks sifatni ta’minlash tizimini shakllantirish, tashqi baholash va akkreditatsiya standartlarini takomillashtirish, shuningdek, ichki sifatni ta’minlash va o‘zini o‘zi baholash mexanizmlarini kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, kompetensiyaga asoslangan ta’lim, kasbiy standartlar va malakalar tizimi, ta’lim oluvchilarni baholash va sertifikatlashtirish, dual ta’lim hamda ish beruvchilarning sifatni ta’minlash jarayonlaridagi ishtirokini kuchaytirish bo‘yicha xalqaro tajriba almashildi.

Uchrashuv doirasida mutaxassislar salohiyatini oshirish, qo‘shma treninglar va metodik seminarlar, ekspertlar almashinuvi hamda xalqaro o‘quv tashriflarini tashkil etish bo‘yicha hamkorlik istiqbollari ham ko‘rib chiqildi.

Tomonlar O‘zbekistonda kasbiy ta’lim sifatini ta’minlash tizimini xalqaro mezonlar asosida benchmarking qilish, ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganish va milliy sharoitga moslashtirish bo‘yicha hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldilar.

Powered by GSpeech