19 Dekabr, 2025
872
Tokio şahrida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Ta’lim sifatini ta’minlaş milliy agentligi hamda Yaponiya universitetlarni akkreditatsiyadan ötkaziş assotsiatsiyasi örtasida uçraşuv bölib ötdi.
Uçraşuv davomida oliy ta’lim sifatini ta’minlaş sohasida xalqaro tajribalarni joriy etiş, milliy tizimni xalqaro talablar va ilğor amaliyotlarga moslaştiriş masalalari yuzasidan fikr almaşildi. Xususan, mahalliy ekspertlar va Agentlik xodimlari uçun amaliyot va malaka oşiriş dasturlarini hamkorlikda işlab çiqiş masalasi muhokama qilinib, mazkur yönalişda yaqin va tizimli hamkorlikni yölga qöyiş böyiça kelişuvga erişildi.
Ma’lumot uçun, Yaponiya universitetlarni akkreditatsiyadan ötkaziş assotsiatsiyasi 1947-yilda 46 ta universitet taşabbusi bilan taşkil etilgan bölib, taşkil etilgan davridan buyon Yaponiyada oliy ta’lim sifat standartlarini şakllantiriş va rivojlantirişda muhim rol öynab kelmoqda. Assotsiatsiya tomonidan dunyo reytinglarida 26-örinni egallagan Tokyo universiteti hamda 61-örinda turuvçi Kyoto universiteti kabi nufuzli oliy ta’lim muassasalarining bir qator fakultetlari akkreditatsiyadan ötkazilgan.
Uçraşuvda Yaponiya tomoni özining nufuzli xalqaro tarmoqlardagi tajribasiga tayangan holda, Agentlikka ta’lim sifatini ta’minlaş tizimini xalqaro standartlarga moslaştiriş, institutsional salohiyatni mustahkamlaş, şuningdek, kelgusida mazkur nufuzli xalqaro tarmoqlarga a’zo böliş jarayonlarida maslahat va metodik kömak körsatişga tayyor ekanligini ma’lum qildi.
Mazkur uçraşuv ta’lim sifatini ta’minlaş sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytiriş hamda milliy tizimni ilğor xalqaro tajribalar asosida takomillaştirişga xizmat qilişi bilan ahamiyatlidir.