18 Sentyabr, 2026
19
Bitiruvchilar sifati indeksi (BSI) doirasida bitiruvchilarning mehnat bozoridagi natijalari jinslar kesimida ham tahlil qilingan.
Natijalar qiziq manzarani ko‘rsatmoqda.
BSI natijalariga ko‘ra, qizlar o‘rtasida bandlik darajasi 85,1 foiz, yigitlarda esa 80,4 foizni tashkil etgan. Qizlar o‘rtacha 2 oyda, yigitlar esa 3 oyda ishga joylashgan.
Biroq o‘rtacha ish haqi bo‘yicha manzara boshqacha: yigitlarda bu ko‘rsatkich 6 mln so‘m, qizlarda esa 3,9 mln so‘mni tashkil qilgan.
Mehnat bozorida yuqori natija qayd etilgan TOP-5 sohalar tahlil qilinganda, quyidagilarni ko‘rish mumkin:
Qizlarda:
➖Transport xizmatlari;
➖matematika va statistika;
➖ta’lim;
➖biznes va boshqaruv;
➖Gummanitar fanlar.
Yigitlarda esa:
➖Biznes va boshqaruv;
➖sog‘liqni saqlash;
➖san’at;
➖matematika va statistika;
➖axborot-kommunikatsiya texnologiyalari.
Bitiruvchilar sifati indeksi natijalari bilan platformada batafsil tanishishingiz mumkin.