10 Iyun, 2026
754
Bugun Prezident Şavkat Mirziyoyevga taqdim etilgan ta’lim tizimini rivojlantirişga oid taqdimotda oliygohlari faoliyati samaradorligini baholaşning zamonaviy mexanizmi — Bitiruvçilar sifat indeksini joriy etiş böyiça muhim qarorlar belgilab olindi.
Endilikda Özbekistonda oliy ta’lim muassasalari faoliyatini baholaşning yangi mexanizmi — Bitiruvçilar sifat indeksi joriy etilmoqda.
Mazkur indeks nafaqat bitiruvçilarning işga joylaşganligini, balki ularning mehnat bozoridagi muvaffaqiyati va kasbiy faoliyati sifatini ham baholaş imkonini beradi.
Indeks quyidagi asosiy mezonlar asosida şakllantiriladi:
➖ işga joylaşiş tezligi;
➖ barqaror mehnat faoliyati;
➖ örtaça daromad;
➖ umumiy bandlik darajasi.
Indeks inson omilisiz 10 ta davlat axborot tizimi (HEMIS, soliq, mehnat, ijtimoiy himoya, bojxona va boşqalar) bilan integratsiyada avtomatik şakllanadi.
Ijtimoiy himoyaga muhtoj bitiruvçilar (yetim, nogironligi bölganlar) natijalari 2 baravar koeffitsiyent bilan hisoblanadi.
Ta’lim sifatini ta’minlaş milliy agentligi tomonidan oliygohlar har yili mazkur körsatkiçlar asosida baholab boriladi. Baholaş tegişli toifadagi ta’lim taşkilotlari kesimida har yili 1-iyuldan keyin, ötgan yilning 1-iyulidan joriy yilning 30-iyunigaça bölgan davr natijalari asosida amalga oşiriladi.
Indeks natijalariga köra mamlakatdagi eng yaxşi natija qayd etgan TOP-20 oliy ta’lim muassasasi 500 million söm miqdorida pul mukofoti bilan rağbatlantiriladi.
Dastlabki indeks natijalari joriy yilning avgust oyida e'lon qilinişi kutilmoqda.