Menyu

Xorazm viloyatida ish beruvchilarning fikr-mulohazalari o'rganilmoqda

12 Avgust, 2026

184

Urganch davlat universitetida Xorazm viloyatidagi oliy ta’lim tashkilotlari prorektorlari hamda Ta’lim sifatini ta’minlash bo‘limlari boshliqlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.

Unda Respublika miqyosida amalga oshirilayotgan Umummilliy ish beruvchilar so‘rovnomasining mazmun-mohiyati, asosiy maqsad va vazifalari, shuningdek, uni samarali tashkil etish hamda o‘tkazish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.

Muloqot davomida ish beruvchilarning bitiruvchi kadrlarning kasbiy tayyorgarligi, amaliy ko‘nikmalari, jamoada samarali ishlash ko‘nikmalari, muammoli vaziyatlarda qaror qabul qilish, tahliliy va tanqidiy fikrlash kompetensiyalari yuzasidan fikr-mulohazalarini tizimli ravishda o‘rganish muhimligi qayd etildi.

Shuningdek, so‘rovnomani o‘tkazish jarayonida ish beruvchilarni keng jalb etish, ularning fikr va takliflarini xolis hamda haqqoniy aks ettirish, olingan natijalarni chuqur tahlil qilish hamda mazkur ma’lumotlardan ta’lim sifatini yanada takomillashtirishda samarali foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Ta’kidlanganidek, Umummilliy ish beruvchilar so‘rovnomasi natijalari ta’lim dasturlarini zamonaviy mehnat bozori ehtiyojlari va ish beruvchilar talablariga yanada moslashtirish, ta’lim jarayonining amaliy yo‘nalishini kuchaytirish, bitiruvchilarning kasbiy kompetensiyalari va raqobatbardoshligini oshirishda muhim tahliliy manba bo‘lib xizmat qiladi.

Bundan tashqari, mazkur jarayon oliy ta’lim tashkilotlari va ish beruvchilar o‘rtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, ta’lim mazmunini amaliyot bilan uyg‘unlashtirish hamda mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan, zamonaviy bilim, mustahkam amaliy ko‘nikma va zarur kasbiy kompetensiyalarga ega raqobatbardosh kadrlar tayyorlash samaradorligini oshirishga xizmat qilishi qayd etildi.

Yig‘ilish yakunida mas’ullarga Umummilliy ish beruvchilar so‘rovnomasini belgilangan talablar asosida sifatli va samarali tashkil etish, ish beruvchilar ishtirokini kengaytirish hamda so‘rovnoma natijalarining xolisligini ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Powered by GSpeech