Menyu

Kasbiy standartlarni ishlab chiqish ishlari muhokama qilindi

10 Iyun, 2026

22

Bugun Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligida vazirlik va idoralar ishtirokida milliy malaka tizimini rivojlantirish hamda kasbiy standartlarni ishlab chiqish ishlariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

O‘tgan davr mobaynida sohada nimalarga erishildi?

Qisqa vaqt ichida milliy malaka tizimining muhim poydevori shakllantirildi:
22 ta
Kasbiy malakalarni rivojlantirish bo‘yicha tarmoq kengashlari tashkil etildi;
28 ta tarmoq malaka ramkalari tasdiqlanib, amaliyotga joriy qilindi;
534 ta kasbni qamrab olgan 128 ta kasbiy standart tasdiqlandi;
Kasbiy standartlar va malaka talablarini ishlab chiqish jarayonlariga 500 dan ortiq sohaviy ekspertlar, olimlar, pedagoglar va ish beruvchilar jalb qilindi.



Nega bu jarayon muhim sanaladi?


Bugungi kunda kasbiy standartlar ta’lim tizimi va mehnat bozori o‘rtasidagi asosiy bog‘lovchi mexanizm hisoblanadi.

Bu zanjir uzluksiz ishlashi kerak, ya’ni kasbiy standart → ta’lim dasturi → malakani baholash → sertifikat → ishga qabul. Kasbiy standart kechiksa — ta’lim dasturlari yangilanmaydi. Ta’lim dasturlari yangilanmasa — mehnat bozori ehtiyojlariga javob beradigan kadrlar tayyorlanmaydi. Baholash va sertifikatlash tizimi ishlamasa — ish beruvchi uchun malaka tasdig‘ining qiymati bo‘lmaydi.

Yig'ilish so'ngida barcha mas’ul vazirlik va idoralarga kasbiy standartlarni o‘z vaqtida ishlab chiqish va tasdiqlash, malakani baholash markazlarini tashkil etish hamda milliy malaka tizimini to‘liq amaliyotga joriy etish ishlarini jadallashtirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berildi.

Powered by GSpeech