Menyu

Davlat xizmatchilari kuni: bilim, tafakkur va strategiya maydonidagi bellashuvlar

23 Iyun, 2026

43

23-iyun – “Davlat xizmati xodimlari kuni” munosabati bilan Agentlikda xodimlarning kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, intellektual salohiyatini rivojlantirish, mantiqiy va strategik fikrlash ko‘nikmalarini mustahkamlash maqsadida “Zakovat” intellektual o‘yini hamda shaxmat va shashka musobaqalari tashkil etildi.

Mazkur tadbirlar davlat xizmatchilarining nafaqat kasbiy bilim va malakalarini oshirish, balki ularning ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini boyitish, jamoada sog‘lom raqobat va hamjihatlik muhitini qaror toptirishga xizmat qildi.

“Zakovat” intellektual o‘yinida ishtirokchilar turli fanlar, milliy va jahon tarixi, adabiyot, madaniyat, davlat boshqaruvi hamda zamonaviy taraqqiyot yo‘nalishlariga oid savollarga javob berib, o‘z bilim va tafakkur salohiyatlarini namoyish etdilar. Bahslar qizg‘in hamda murosasiz ruhda kechib, jamoalarning tezkor fikrlash, tahlil qilish va to‘g‘ri qaror qabul qilish qobiliyatlari sinovdan o‘tkazildi.

Shuningdek, shaxmat va shashka musobaqalari ham yuqori saviyada tashkil etildi. Mazkur musobaqalarda ishtirokchilar o‘zlarining strategik fikrlash, vaziyatni tahlil qilish hamda uzoqni ko‘ra bilish mahoratlarini namoyon etdilar. Bellashuvlar do‘stona muhitda, sog‘lom raqobat va o‘zaro hurmat tamoyillari asosida o‘tkazildi.

Tadbir davomida davlat xizmatchilarining kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, ularni mutolaa va ilm-ma’rifatga keng jalb etish masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi. Zero, bugungi kunda zamonaviy bilim hamda ko‘nikmalarga ega, keng dunyoqarashli, intellektual salohiyati yuksak davlat xizmatchilarini shakllantirish davlat boshqaruvi tizimi samaradorligini oshirishning muhim omillaridan biri hisoblanadi.

Mazkur tadbirlar davlat xizmatining nufuzini yanada oshirish, xodimlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularning ma’naviy-intellektual salohiyatini yuksaltirish hamda jamoada sog‘lom muhitni mustahkamlashga xizmat qildi.

Tadbir yakunida g‘olib va faol ishtirokchilar munosib taqdirlanib, ularga kelgusidagi faoliyatlarida muvaffaqiyatlar tilandi.

Powered by GSpeech