10 Iyun, 2026
37
Prezident Shavkat Mirziyoyevga taqdim etilgan bitiruvchilar bandligini ta'minlashga oid taqdimotda oliygohlarda karyera markazlari faoliyatini professional darajada tashkil etish taklifi bildirildi.
Endilikda karyera markazlari xodimlarining kasbiy standartlari ishlab chiqilib, shu asosda ularni malakasini oshirish va sertifikatlash tizimi joriy etiladi.
Faoliyati ularning shunchaki mavjudligi bilan emas, balki bitiruvchilarni ishga joylashtirishdagi aniq natijalari bilan baholanadi. Asosiy maqsad esa diplom va ish o‘rtasidagi masofani qisqartirish bo‘ladi.
Oliygohlarni davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish jarayonida karyera markazining faoliyati ham baholanadi. Bunda markazning mavjudligi, xodimlarning sertifikatlanganligi va eng muhimi — bitiruvchilarni ishga joylashtirishga qo‘shgan amaliy hissasi inobatga olinadi.