Menyu

2025-yilda oliygoh bitiruvchilarining o‘rtacha oylik ish haqi 5,1 mln so‘mni qayd etdi

19 Iyun, 2026

216

Bitiruvchilar sifati indeksi doirasida 114 ta oliy ta'lim tashkilotining 242,6 ming nafar bitiruvchisi bo‘yicha amalga oshirilgan dastlabki modellash natijalariga ko‘ra:

➖ Bandlik darajasi – 75%
➖ O‘rtacha oylik ish haqi – 5,1 mln so‘m
➖ O‘rtacha ishga joylashish muddati – 2 oy 1 kun
➖ Bitiruvchilarning 60,1% qismi kamida 4 oy davomida barqaror ish bilan ta'minlangan



Eng yuqori o‘rtacha ish haqi quyidagi yo‘nalishlarda qayd etilgan:

➖ Biznes va boshqaruv – 8,5 mln so‘m
➖ Huquq – 7,3 mln so‘m
➖ AKT – 6,8 mln so‘m

Eng yuqori Bitiruvchilar sifati indeksi quyidagi yo‘nalishlarda qayd etilgan:

➖ Matematika va statistika: 69,6 ball
➖ Ta’lim: 66,7 ball
➖ Biznes va boshqaruv: 63,9 ball

Indeks natijalariga ko’ra, eng yaxshi natija ko‘rsatgan Top-20 oliy ta'lim tashkilotlari karyera markazlari 500 mln so‘mdan rag‘batlantiriladi.

Ushbu natijalar 8 oylik kuzatuv davri asosidagi dastlabki modellashtirish hisoblanadi. Yakuniy indeks natijalari 12 oylik ma’lumotlar asosida joriy yilning avgust oyida e’lon qilinadi.

Powered by GSpeech