Menyu

AQŞ bilan ta’lim sifatini ta’minlaş sohasidagi hamkorlik yönalişlari kengaytirilmoqda

29 Yanvar, 2026

934

Ta’lim sifatini ta’minlaş milliy agentligi hamda Amerika Qöşma Ştatlari elçixonasi örtasida ta’lim sifatini ta’minlaş sohasida hamkorlikni kengaytirişga bağişlangan uçraşuv bölib ötdi.

Uçraşuv davomida AQŞning yetakçi akkreditatsiya taşkilotlari bilan hamkorlikni rivojlantiriş, şuningdek, ta’lim sifatini ta’minlaş sohasida malaka oşiriş va kasbiy rivojlaniş dasturlarini yölga qöyiş masalalari atrofliça muhokama qilindi. Tomonlar mazkur yönalişlarda tajriba almaşiş va ilğor xalqaro amaliyotlarni milliy tizimga joriy etiş muhimligini ta’kidladilar.

Xususan, Özbekiston oliy ta’lim muassasalarida xalqaro akkreditatsiyadan ötgan ta’lim dasturlari sonini oşiriş, ularning xalqaro talablar va mehnat bozori ehtiyojlariga mosligini ta’minlaş masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Uşbu jarayonda AQŞning nufuzli akkreditatsiya taşkilotlari bilan hamkorlik qiliş ta’lim dasturlari sifatini oşirişga xizmat qilişi qayd etildi.

Şuningdek, uçraşuv doirasida AQŞning yetakçi universitetlari va akkreditatsiya taşkilotlari mutaxassislarini Özbekistondagi akkreditatsiya jarayonlariga jalb etiş, baholaş taşriflarida iştirok etiş hamda ekspertlik va maslahat kömagini taqdim etiş böyiça kelişuvlarga erişildi.

Mazkur uçraşuv AQŞ bilan ta’lim sifatini ta’minlaş sohasidagi hamkorlikni yangi bosqiçga olib çiqiş, xalqaro akkreditatsiya mexanizmlarini joriy etiş hamda milliy ta’lim tizimini xalqaro standartlarga

Powered by GSpeech