Menyu

Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi xodimlari RELO dasturi doirasida ingliz tili bo‘yicha malaka oshirdi

13 Avgust, 2026

67

Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligining 20 nafar xodimi AQShning O‘zbekistondagi Elchixonasi tomonidan amalga oshirilayotgan Regional English Language Office (RELO) dasturi doirasida tashkil etilgan ingliz tili bo‘yicha malaka oshirish kursini muvaffaqiyatli yakunladi.

Mazkur o‘quv dasturi ingliz tili bo‘yicha mutaxassis Ida Williams tomonidan 3 oy davomida onlayn formatda olib borildi.

Amaliy mashg‘ulotlar Agentlik xodimlarining xalqaro hamkorlik faoliyatida zarur bo‘lgan professional ingliz tili ko‘nikmalarini rivojlantirish, xalqaro uchrashuvlar va muzokaralarda samarali ishtirok etish salohiyatini oshirish hamda xorijiy hamkorlar bilan bevosita professional muloqot olib borish kompetensiyalarini rivojlantirishga qaratildi.

Mashg‘ulotlar interaktiv metodlar asosida tashkil etilib, amaliy topshiriqlar, guruh muhokamalari, rolli mashqlar, taqdimotlar hamda real ish jarayonlariga yaqinlashtirilgan keyslar orqali ishtirokchilarning tinglab tushunish, og‘zaki nutq, tahliliy fikrlash, taqdimot qilish va ingliz tilida samarali professional muloqot olib borish ko‘nikmalari rivojlantirildi.

Avvalroq, Agentlikning 10 nafar xodimi RELO dasturi doirasida tashkil etilgan Business English bo‘yicha malaka oshirish kursini muvaffaqiyatli yakunlagan edi.

Hamkorlikning yana bir muhim amaliy natijasi sifatida, RELO tarmog‘i orqali 41 nafar xalqaro mutaxassis Agentlikning xalqaro tashqi baholash ekspertlari bazasiga qo‘shildi.

Powered by GSpeech