Menyu

Texnikumlarga qabul ko‘rsatkichi hududlar kesimida katta farq yuzaga kelgan

29 Iyul, 2026

52

O‘tgan yilda texnikumlarga qabul rejasining bajarilish darajasi o‘rtacha 84,9 foizni tashkil etdi. Bunda umumiy ko‘rsatkichda hududlar kesimida sezilarli farqlar mavjud.

Farg‘ona va Samarqand viloyatlarida qabul rejasi to‘liq 100 foiz bajarilgan. Buxoro va Andijonda bu ko‘rsatkich 96 foizni, Jizzaxda 93 foizni, Namanganda esa 92 foizni tashkil etgan.

Ayni paytda, Qoraqalpog‘iston Respublikasida qabul rejasining bajarilish darajasi 65 foiz, Xorazm viloyati va Toshkent shahrida 70 foiz, Navoiy viloyatida esa 72 foiz bo‘lgan.

Eng yuqori va eng past natija o‘rtasidagi farq 35 foiz bandini tashkil etdi. Boshqacha aytganda, ayrim hududlarda qabul rejasi to‘liq bajarilgan bo‘lsa, eng past ko‘rsatkich qayd etilgan hududda har uchta o‘rindan qariyb bittasi bo‘sh qolgan.

Bu tafovut qabul parametrlarini belgilash, kasblarga bo‘lgan talab, kasbga yo‘naltirish ishlari hamda hududiy mehnat bozori ehtiyojlarini alohida tahlil qilish zarurligini ko‘rsatadi.

Batafsil tahliliy material bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin.

Powered by GSpeech