Menyu

Oʻzbekistondagi har 10 nafar talabaning 7 nafari ijtimoiy-gumanitar yoʻnalishda tahsil oladi

29 Iyul, 2026

42

Oliy taʼlim tashkilotlari milliy reytingi tahlillariga koʻra, mamlakatdagi jami talabalarning 73 foizi yoki 1,1 milliondan ortigʻi ijtimoiy-gumanitar yoʻnalishdagi taʼlim dasturlarida tahsil olmoqda.
Shu bilan birga, ijtimoiy-gumanitar yoʻnalishdagi taʼlim dasturlarini amalga oshirayotgan oliy taʼlim tashkilotlarida professor-oʻqituvchilarning oʻquv yuklamasi ham eng yuqori. 
Iltimoiy-gumanitar toifaga kiruvchi oliygohlarda bir nafar professor-oʻqituvchiga oʻrtacha 44,3 nafar talaba toʻgʻri keladi. Bu respublika boʻyicha oʻrtacha koʻrsatkichdan 14 nafarga koʻp.

Powered by GSpeech