Menyu

Oliy ta’lim taşkilotlarida sifatni ta’minlaş bölimi vakillari uçun xalqaro ekspertlar iştirokida malaka oşiriş dasturi

5 Fevral, 2026

966

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Ta’lim sifatini ta’minlaş milliy agentligining barça xodimlari hamda oliy ta’lim taşkilotlarining bir guruh ta’lim sifatini oşiriş bölimi boşliqlari uçun “Sifatni ta’minlaş tamoyillari” mavzusidagi ikki kunlik malaka oşiriş maşğulotlari bölib ötdi.
Maşğulotlar Buyuk Britaniyaning Quality Assurance Agency (QAA) va British Council taşkilotlarining malakali ekspertlari bilan hamkorlikda taşkil etildi.
Mazkur maşğulotlarning asosiy maqsadi iştirokçilar uçun oliy ta’limda sifatni ta’minlaşning xalqaro tamoyillari böyiça mustahkam nazariy va amaliy asos yaratişdan iborat böldi. Ikki kun davomida iştirokçilar içki va taşqi sifatni ta’minlaş tizimlari, baholaş jarayonlarida dalillarga asoslangan yondaşuvlar, manfaatdor tomonlar bilan işlaş hamda ma’lumotlarga asoslangan qarorlar qabul qiliş masalalarini çuqur örgandilar.
Dastur interaktiv amaliy maşğulotlar, guruh muhokamalari va keys-tahlillar asosida olib borilib, iştirokçilar Yevropa standartlari va yöriqnomalari (ESG) hamda Özbekistonda şakllanib borayotgan sifat standartlari örtasidagi uyğunlik va farqlarni tahlil qiliş imkoniyatiga ega böldilar. Şuningdek, taşqi baholaş jarayonlari, baholaş mezonlari va reyting vositalarini işlab çiqiş, hisobotlarni xolis va dalillarga tayangan holda tayyorlaş böyiça amaliy könikmalar mustahkamlandi.
Maşğulotlar davomida sifatni ta’minlaş jarayonida halollik va şaffoflik, manfaatlar töqnaşuvining oldini oliş, şuningdek, ma’lumotlar xavfsizligi va maxfiyligini ta’minlaş kabi tamoyillarga bağişlandi. Bundan taşqari, talabalar, iş beruvçilar va boşqa manfaatdor tomonlarni sifatni ta’minlaş jarayonlariga jalb etiş hamda ular bilan samarali muloqot olib boriş böyiça amaliy maşğulotlar taşkil etildi.
Barça sessiyalarda töliq iştirok etgan tinglovçilarga sertifikat topşirildi.
Mazkur seminar-trening Özbekistonda oliy ta’lim sifatini ta’minlaş tizimini xalqaro standartlar asosida mustahkamlaş, Agentlikning institutsional salohiyatini oşiriş hamda sifat madaniyatini rivojlantiriş yölidagi muhim qadamlardan biri böldi.

Powered by GSpeech