Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining ta’lim sohasidagi asosiy normativ-huquqiy hujjatlariga tayanib amalga oshiradi. Ushbu hujjatlar Agentlikning vakolatlari, vazifalari, tashqi va ichki sifat kafolati tizimlari, ta’lim muassasalarini akkreditatsiyadan o‘tkazish tartibi hamda Milliy malaka tizimining yuritilishini belgilab beradi.
Quyida Agentlik faoliyatiga asos bo‘luvchi eng muhim normativ-huquqiy hujjatlar to‘plami keltirilgan. Har bir hujjat bilan batafsil tanishib o‘tishingiz mumkin.
“Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun
Oʻzbekiston Respublikasining O‘RQ-637-son Qonuni O‘zbekiston ta’lim tizimining huquqiy asoslarini belgilaydi. Unda ta’lim turlari, ta’lim tashkilotlarining vazifalari, sifat kafolati, ta’lim jarayonining asosiy tamoyillari va davlat siyosatining yo‘nalishlari belgilangan.
Agentlik uchun sifatni ta’minlash bo‘yicha asosiy huquqiy baza hisoblanadi.
Ta’lim sifatini ta’minlash tizimini takomillashtirish
Prezidentning PF-76-son Farmoni ta’lim xizmatlari sifati va tashqi baholash jarayonlarini xalqaro standartlarga moslashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlarni belgilagan.
Ushbu Farmon Agentlik uchun tashqi baholash jarayonlarini transformatsiya qilish, yangi yondashuvlarni joriy etish, ekspertlar instituti va akkreditatsiya tizimini kuchaytirish uchun huquqiy asos bo'lib xizmat qiladi.
Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi faoliyatini tashkil etish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-sentabrdagi PQ-275-son qarori Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligining tuzilmasi, faoliyat yo‘nalishlari, vazifa va majburiyatlarini belgilaydi.
Bu Agentlikning rasmiy maqomi va funksional vakolatlari belgilab berilgan asosiy hujjat hisoblanadi.
Ta’lim tashkilotlarini davlat akkreditatsiyasi tartibi
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-avgustdagi "Oʻrta maxsus, kasbiy, oliy va oliy taʼlimdan keyingi taʼlim, shuningdek, kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tashkilotlarini kompleks hamda maxsus davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazish tizimini joriy etish toʻgʻrisida"gi 498-son qarori qabul qilingan.
Unda baholash mezonlari, bosqichlari, ekspert guruhlari, ballik tizim va akkreditatsiya natijalarini e’lon qilish tartibi ko‘rsatib o‘tilgan.
Agentlik tashqi baholash va akkreditatsiya jarayonlarini mazkur hujjatga asosan olib boradi.
Milliy malaka tizimini takomillashtirish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-sentabrdagi "Oʻzbekiston Respublikasi milliy malaka tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi PQ-345-son qarorida O‘zbekiston Milliy malaka tizimini modernizatsiya qilish, malaka darajalari, kasbiy standartlar, malaka talablarini xalqaro amaliyotga moslashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni belgilaydi.
Mazkur hujjat kasbiy standartlarni ishlab chiqish va tasdiqlash bo‘yicha Agentlikning funksiyalarini mustahkamlab beradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi xodimlarining odob-axloq qoidalari