Menyu
Fransiya

European Association of Establishments for Veterinary Education

: 1988

EAEVE – Yevropadagi veterinariya ta’limi sohasini akkreditatsiyadan o‘tkazishga ixtisoslashgan xalqaro nodavlat tashkilot bo‘lib, veterinariya ta’limi sifatini oshirish hamda uni Yevropa Ittifoqi talablari va kasbiy standartlarga muvofiqlashtirishni o‘z oldiga maqsad qilgan. EAEVE akkreditatsiyasi veterinariya ta’limi sohasida Yevropada eng nufuzli sifat belgilaridan biri hisoblanadi.

EAEVE 1988-yilda tashkil etilgan bo‘lib, dastlab Fransiyaning Maisons-Alfort shahrida joylashgan bo‘lib, notijorat tashkilot hisoblanadi hamda Yevropada veterinariya ta’limi bo‘yicha yagona xalqaro (yoki YI miqyosidagi) nodavlat transmilliy akkreditatsiya agentligi hisoblanadi. A’zolik ixtiyoriy bo‘lib, 30 dan ortiq mamlakatdan 100 dan ortiq veterinariya ta’lim muassasalari (Veterinary Education Establishments)ni birlashtiradi.

EAEVE Yevropa Oliy Ta’lim Hududi (EHEA) doirasida veterinariya ta’lim muassasalarini xalqaro darajada akkreditatsiya qiluvchi sohaviy (subject-focused) agentlik sifatida faoliyat yuritadi. U ESEVT (European System of Evaluation of Veterinary Training) tizimini boshqaradi — bu veterinariya ta’limi sifatini baholash, rivojlantirish va standartlarini uyg‘unlashtirishga qaratilgan maxsus akkreditatsiya tizimidir. ESEVTning asosiy maqsadi Yevropa Ittifoqi direktivalarida belgilangan minimal ta’lim standartlariga muvofiqlikni nazorat qilish hamda veterinariya diplomlarining o‘zaro tan olinishini ta’minlashdir.

  • qishloq, oʻrmon, baliq xoʻjaligi va veterinariya (veterinariya tibbiyoti, veterinary science, veterinary medicine dasturlari)
Powered by GSpeech