Menyu
leadership

Narimane Hadj Hamou

Bosh ijrochi direktor

CLICKS

Birlashgan Arab Amirliklari

Ta'lim

AQSh — Dasturiy injiniring (Software Engineering) bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

AQSh — Kompyuter fanlari bo‘yicha fan magistri (M.S.)

Kompyuter fanlari bo‘yicha bakalavr (B.S.)

Mehnat faoliyati

2012-yildan hozirga qadar — Ta’lim innovatsiyalari va moslashtirilgan bilim yechimlari markazi (CLICKS) — Asoschi va bosh ijrochi direktor (CEO)

2012-yilgacha — Hamdan bin Muhammad Smart universiteti — O‘quv ishlari va akademik rivojlanish bo‘yicha prorektor (Provost)

Avvalgi lavozimlari:

  • Talabalar ishlari bo‘yicha dekan
  • Ta’lim va o‘qitish bo‘yicha dekan
  • Elektron ta’lim markazi direktori

Batafsil

Doktor Narimane Hadj Hamou oliy ta’lim, sifatni ta’minlash va akkreditatsiya sohalarida xalqaro miqyosda e’tirof etilgan ekspert bo‘lib, ta’lim sifati, akkreditatsiya, institutsional strategiya, boshqaruv, raqamli transformatsiya hamda elektron ta’lim yo‘nalishlarida qariyb 25 yillik professional tajribaga ega.

U 2012-yilda oliy ta’lim muassasalarini salohiyatni oshirish, konsalting, malaka oshirish va strategik rivojlanish bo‘yicha qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan Ta’lim innovatsiyalari va moslashtirilgan bilim yechimlari markazi (CLICKS)ning asoschisi va bosh ijrochi direktori hisoblanadi. Uning rahbarligi ostida CLICKS 40 dan ortiq mamlakatdan 30 mingdan ziyod oliy ta’lim mutaxassislarini tayyorladi hamda 220 dan ortiq universitet, oliy ta’lim tashkiloti va xalqaro hamkor bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi.

Doktor Hadj-Hamou institutsional sifatni ta’minlash, akkreditatsiya, strategik rejalashtirish, tashkiliy rivojlanish va onlayn ta’lim sohalarida katta tajribaga ega. 2012-yildan buyon u milliy va mintaqaviy sifatni ta’minlash tizimlari doirasida 50 dan ortiq institutsional va ta’lim dasturlarini akkreditatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha ekspert komissiyalariga raislik qilgan yoki ularning a’zosi sifatida faoliyat yuritgan.

CLICKSni tashkil etishdan avval doktor Hadj-Hamou Hamdan bin Muhammad Smart universitetida O‘quv ishlari va akademik rivojlanish bo‘yicha prorektor (Provost) lavozimida ishlagan. Ushbu lavozimda u Birlashgan Arab Amirliklaridagi akkreditatsiyadan o‘tgan ilk onlayn universitetning akademik siyosati va elektron ta’lim strategiyasiga rahbarlik qilgan.

U xalqaro miqyosda talab yuqori bo‘lgan ma’ruzachi sifatida ham tanilgan bo‘lib, 160 dan ortiq xalqaro yalpi majlis ma’ruzalari (keynote speeches) bilan ishtirok etgan hamda 300 dan ortiq professional seminar va treninglarni o‘tkazgan. Shuningdek, u bir qator xalqaro maslahat kengashlari, jumladan Times Higher Education (THE) Arab University Rankings Advisory Board a’zosi sifatida ham faoliyat yuritadi.

Powered by GSpeech