Menyu

ENQA — Oliy ta’limda sifatni ta’minlaş böyiça Yevropa assotsiatsiyasi

Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 5-maydagi PF–76-sonli “Ta’lim sifatini ta’minlaş tizimini takomillaştiriş va ta’lim xizmatlari körsatişni rivojlantirişga oid qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi Farmoniga muvofiq, Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Ta’lim sifatini ta’minlaş milliy agentligi oldiga ta’lim sifatini ta’minlaş sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytiriş, xalqaro taşkilotlarga a’zo böliş hamda milliy akkreditatsiya tizimining xalqaro miqyosda tan olinişini ta’minlaş vazifalari qöyilgan.Mazkur vazifalarni amalga oşiriş, xalqaro hamkorlikni mustahkamlaş va milliy ta’lim sifatini ta’minlaş tizimini xalqaro standartlarga muvofiqlaştiriş maqsadida Agentlik Oliy ta’limda sifatni ta’minlaş böyiça Yevropa assotsiatsiyasi (ENQA) bilan hamkorlikni yölga qöydi. Natijada, 2026-yilda Agentlik ENQAning hamkor a’zosi (affiliate) maqomini qölga kiritdi. Bu Agentlikning xalqaro aloqalarini kengaytiriş hamda Özbekiston ta’lim sifatini ta’minlaş tizimini global akademik hamjamiyatga integratsiya qiliş yölidagi muhim bosqiç hisoblanadi.

ENQA — Oliy ta’limda sifatni ta’minlaş böyiça Yevropa assotsiatsiyasi

ENQA 2000-yilda taşkil etilgan bölib, oliy ta’limda sifatni ta’minlaş bilan şuğullanuvçi taşkilotlar örtasidagi hamkorlikni rivojlantirişga xizmat qiluvçi yirik Yevropa platformalaridan biri hisoblanadi. Assotsiatsiya oliy ta’lim sifatini ta’minlaş amaliyotini takomillaştirişga kömaklaşadi, umumiy tamoyil va standartlarni joriy etişni qöllab-quvvatlaydi hamda Yevropa oliy ta’lim hududi (EHEA) va undan taşqaridagi sifatni ta’minlaş agentliklari örtasida tajriba almaşinuvini rivojlantiradi.

ENQA öz faoliyati orqali Yevropa oliy ta’lim hududida sifatni ta’minlaş böyiça Yevropa standartlari va yöriqnomalarini (ESG) işlab çiqiş hamda takomillaştirişga hissa qöşadi, mutaxassislarning kasbiy rivojlanişini qöllab-quvvatlaydi va xalqaro loyihalar, ekspertlar muhokamalari, işçi guruhlar, konferensiyalar hamda seminarlar orqali hamkorlik imkoniyatlarini yaratadi.

2000-yil
2000-yil
taşkil etilgan yil
100 dan ortiq
100 dan ortiq
a’zo agentliklar va taşkilotlar
Yevropa
Yevropa
asosiy faoliyat hududi
Bryussel, Belgiya
Bryussel, Belgiya
kotibiyat joylaşgan manzil

Özbekiston Respublikasi uçun strategik ahamiyati

ENQAning hamkor a’zosi maqomiga ega böliş Özbekiston milliy ta’lim sifatini ta’minlaş tizimining xalqaro maydondagi mavqeini mustahkamlaş yölidagi muhim qadamdir. Uşbu maqom Agentlikka Yevropa davlatlaridagi ta’lim sifatini ta’minlaş taşkilotlari bilan yaqin hamkorlik qiliş, xalqaro tajribani örganiş hamda oliy ta’lim sifatini ta’minlaş sohasidagi yangi yondaşuvlar va rivojlaniş tendensiyalariga oid muhokamalarda iştirok etiş imkonini beradi.

Şuningdek, hamkor a’zolik milliy ta’lim sifatini ta’minlaş amaliyotini xalqaro miqyosda e’tirof etilgan tamoyil va standartlarga muvofiqlaştiriş, Yevropa hamkorlari bilan aloqalarni kengaytiriş hamda Agentlikning uzoq muddatli strategik maqsadlarini amalga oşirişga xizmat qiladi.

Asosiy missiyasi

ENQAning asosiy missiyasi oliy ta’limda sifatni ta’minlaş tizimini rivojlantiriş va sifatni ta’minlaş agentliklari örtasidagi hamkorlikni mustahkamlaşdan iborat. Assotsiatsiya sifatni ta’minlaş metodologiyalarini takomillaştirişni qöllab-quvvatlaydi, ilğor tajribalar almaşinuvini rağbatlantiradi hamda Yevropa oliy ta’lim hududida umumiy standartlarni işlab çiqiş va joriy etişga hissa qöşadi.

ENQA öz faoliyati orqali oliy ta’lim sifati, şaffofligi va uzluksiz takomillaştirilişiga taalluqli muhim masalalar yuzasidan kasbiy muloqot, bilim va tajriba almaşinuvi hamda özaro hamkorlikni rivojlantiradi.

A’zolik tuzilmasi

ENQA taşkilotlarni a’zolar va hamkor a’zolar toifalariga ajratadi.

A’zolik, asosan, Yevropa oliy ta’lim hududida faoliyat yurituvçi hamda Yevropa oliy ta’lim hududida sifatni ta’minlaş böyiça Yevropa standartlari va yöriqnomalariga (ESG) muvofiqligini namoyiş etgan ta’lim sifatini ta’minlaş taşkilotlari uçun möljallangan.

Hamkor a’zolik esa oliy ta’lim sifatini ta’minlaş sohasida faoliyat yurituvçi yoki uşbu yönalişga qiziqiş bildiruvçi, biroq ENQAning tölaqonli a’zosi hisoblanmaydigan dunyoning turli mamlakatlaridagi taşkilotlar uçun oçiq. Uşbu maqom Yevropa oliy ta’lim hududidan taşqarida faoliyat yurituvçi taşkilotlar, jumladan, milliy ta’lim sifatini ta’minlaş agentliklariga ENQA bilan hamkorlik qiliş va uning kasbiy faoliyatida iştirok etiş imkonini beradi.

NQAAEning hamkor a’zoligi ENQA bilan hamkorlikni yölga qöyiş, tegişli kasbiy tarmoqlar va axborot resurslaridan foydalaniş uçun rasmiy asos yaratadi.

Hamkor a’zolikning asosiy afzalliklari
Xalqaro hamkorlik va professional aloqalar
Yevropadagi ta’lim sifatini ta’minlaş agentliklari hamda oliy ta’lim sifatini ta’minlaş sohasida faoliyat yurituvçi boşqa taşkilotlar bilan kasbiy aloqalarni örnatiş imkoniyatini yaratadi.
Tajriba va ilğor amaliyot almaşinuvi
Yevropa oliy ta’lim hududida ta’lim sifatini ta’minlaş sohasidagi yangiliklar, ekspert bilimlari va muhokamalardan foydalaniş imkonini beradi.
Tadbirlar va kasbiy rivojlanişda iştirok etiş
ENQA tomonidan taşkil etiladigan tegişli konferensiyalar, seminarlar, vebinarlar va kasbiy rivojlaniş tadbirlarida, jumladan, hamkor a’zolar uçun möljallangan faoliyatlarda qatnaşiş imkoniyatini yaratadi.
Xalqaro taşabbuslarda iştirok etiş
ENQAning ayrim loyihalari, işçi guruhlari va hamkorlikdagi faoliyatlarida qatnaşiş imkonini beradi.
Axborot va ekspert bilimlaridan foydalaniş
Oliy ta’lim sifatini ta’minlaşga oid yangiliklar, Yevropa siyosati va amaliyotidagi özgarişlar haqida ma’lumot oliş hamda tegişli masalalar böyiça ekspertlar tajribasidan foydalaniş imkoniyatini kengaytiradi.
Xalqaro maydonda taniliş
ENQA faoliyati, naşrlari, tadbirlari va boşqa tegişli axborot kanallari orqali Agentlik faoliyatini xalqaro hamjamiyatga taniştirişga kömaklaşadi.
Xalqaro integratsiyani yanada rivojlantiriş
Agentlikning ta’lim sifatini ta’minlaş tizimini takomillaştiriş, Yevropa yondaşuvlari, jumladan, ESG standartlarini çuqurroq örganiş va xalqaro hamkorlikni uzoq muddatli istiqbolda rivojlantirişiga xizmat qiladi.

Milliy rivojlanişga ta’siri

NQAAEning ENQAga hamkor a’zo bölişi Özbekiston ta’lim sifatini ta’minlaş tizimini xalqaro miqyosda rivojlantiriş yölidagi muhim qadamdir. Bu Agentlikning Yevropa ta’lim sifatini ta’minlaş hamjamiyati bilan aloqalarini mustahkamlaydi, tajriba almaşiş, institutsional salohiyatni oşiriş va milliy akkreditatsiya amaliyotini takomillaştiriş uçun qöşimça imkoniyatlar yaratadi.

Mazkur hamkorlik ta’lim sifatini ta’minlaş jarayonlarida şaffoflikni oşiriş, samarali yondaşuvlarni joriy etiş hamda Özbekiston oliy ta’lim muassasalari va ta’lim sifatini ta’minlaş taşkilotlari örtasida xalqaro şeriklik aloqalarini rivojlantirişga ham xizmat qilişi mumkin.

Bundan taşqari, ENQA bilan hamkorlik milliy ta’lim sifatini ta’minlaş amaliyotini xalqaro miqyosda e’tirof etilgan standartlarga bosqiçma-bosqiç muvofiqlaştiriş va Özbekiston oliy ta’lim tizimining xalqaro işonçliligini mustahkamlaşga qaratilgan uzoq muddatli maqsadlarni amalga oşirişga kömaklaşadi.

 

Powered by GSpeech