Menyu

CHEA CIQG — Oliy ta’lim akkreditatsiyasi kengashining Xalqaro sifat guruhi (CHEA International Quality Group)

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ta’lim sifatini ta’minlash va ta’lim xizmatlari ko‘rsatish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2025-yil 5-maydagi PF–76-son Farmoniga muvofiq Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligiga xalqaro hamkorlikni kengaytirish, sifatni baholash sohasidagi xalqaro tashkilotlarga a’zo bo‘lish hamda milliy akkreditatsiya tizimining xalqaro darajada tan olinishini ta’minlash vazifalari belgilangan.

Mazkur vazifalar ijrosini ta’minlash, O‘zbekistonning oliy ta’lim sifatini ta’minlash sohasidagi xalqaro integratsiyasini kengaytirish hamda milliy akkreditatsiya tizimini ilg‘or xalqaro amaliyotlar bilan uyg‘unlashtirish maqsadida Agentlik AQSHning Oliy ta’lim akkreditatsiyasi kengashi (Council for Higher Education Accreditation — CHEA) huzuridagi Xalqaro sifat guruhi (International Quality Group — CIQG) a’zoligiga erishdi.

CHEA CIQG — Oliy ta’lim akkreditatsiyasi kengashining Xalqaro sifat guruhi (CHEA International Quality Group)

Council for Higher Education Accreditation (CHEA) 1996-yilda AQSHda tashkil etilgan nodavlat, notijorat tashkilot bo‘lib, oliy ta’limda akkreditatsiya, akademik sifat va akkreditatsiya tashkilotlarini tan olish masalalari bilan shug‘ullanadi.

CHEA huzuridagi International Quality Group (CIQG) 2012-yilda tashkil etilgan bo‘lib, oliy ta’lim sifatini ta’minlash va akkreditatsiya sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga ixtisoslashgan professional platforma hisoblanadi.

CIQG dunyoning turli mamlakatlaridagi sifatni ta’minlash agentliklari, akkreditatsiya tashkilotlari, oliy ta’lim muassasalari, davlat organlari va soha ekspertlari o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirish, ilg‘or tajribalarni almashish hamda xalqaro sifatni ta’minlash mexanizmlarini takomillashtirishga xizmat qiladi

1996-yil
1996-yil
tashkil etilgan
2012-yil
2012-yil
CIQG ishga tushirilgan
77 ta
77 ta
CIQG a’zolari
38 ta
38 ta
mamlakat va hududlar
3 000
3 000
ga yaqin kollej va universitet CHEAga birlashgan
64
64
ga yaqin tan olingan akkreditatsiya tashkilotlari

CHEA CIQGning asosiy missiyasi

CHEA CIQGning bosh maqsadi oliy ta’lim sifatini ta’minlash va akkreditatsiya masalalari bo‘yicha global hamkorlikni rivojlantirish hamda xorijiy sifatni ta’minlash va akkreditatsiya agentliklari, davlat organlari, oliy ta’lim tashkilotlari hamda soha ekspertlari o‘rtasida professional muloqot maydonini yaratishdan iborat. Tashkilot xalqaro sifatni ta’minlash siyosati bo‘yicha tahlil va tadqiqotlar olib boradi, institutsional hamda dasturiy akkreditatsiya, ta’lim natijalarini baholash, yangi ta’lim formatlari va transmilliy ta’lim sifatini ta’minlashning zamonaviy yondashuvlarini ilgari suradi hamda global miqyosda akademik sifat standartlarini mustahkamlashga xizmat qiladi.

A’zolikning asosiy afzalliklari
To‘g‘ridan-to‘g‘ri xalqaro aloqalar
AQSH va boshqa mamlakatlarning yetakchi akkreditatsiya hamda sifatni ta’minlash tashkilotlari bilan institutsional va professional aloqalarni kengaytirish imkonini beradi.
Xalqaro tadbirlarda muntazam ishtirok
CHEA/CIQG doirasida tashkil etiladigan xalqaro konferensiyalar, tahliliy muhokamalar, seminar va vebinarlarda Agentlik vakillarining muntazam ishtirokini ta’minlaydi.
Ilg‘or metodologiya va ilmiy bilim bazasi
Institutsional va dasturiy akkreditatsiya, ta’lim natijalarini baholash, yangi ta’lim formatlari hamda transmilliy ta’lim sifati bo‘yicha AQSH va xalqaro amaliyotlarni o‘rganish va milliy tizimga moslashtirish imkonini beradi. Shuningdek, CHEA/CIQG tayyorlaydigan tadqiqotlar, tahliliy materiallar va ilmiy bazalardan foydalanish imkoniyatini yaratadi.
Xalqaro va milliy ekspertlik salohiyati
AQSH va dunyoning yetakchi universitetlari hamda akkreditatsiya organlari mutaxassislaridan xalqaro ekspertlarni O‘zbekistondagi akkreditatsiya jarayonlariga jalb etish va ekspertlar almashinuvini rivojlantirish imkonini beradi. Shu orqali Agentlik ekspertlari va xodimlarining malakasi oshadi, baholash mexanizmlari xalqaro standartlar asosida xolis va shaffof tarzda takomillashtiriladi.
Xalqaro e’tirof va islohotlarni targ‘ib qilish
Agentlikning CHEA/CIQG xalqaro hamjamiyatida a’zo sifatida rasmiy qayd etilishi milliy akkreditatsiya tizimining xalqaro darajada e’tirof etilishi va ishonchliligini mustahkamlaydi. A’zolik shuningdek O‘zbekistondagi akkreditatsiya islohotlari va ta’lim sifatini ta’minlash bo‘yicha yangi mexanizmlarni global professional hamjamiyatga taqdim etish imkonini beradi.
Powered by GSpeech