Menyu
leadership

Shanazarova Aziza

Kolumbiya universiteti professori (AQSh)

Sharqshunoslik, dinshunoslik va Markaziy Osiyo tadqiqotlari yo‘nalishida faoliyat yurituvchi xalqaro miqyosdagi olima. Toshkent davlat sharqshunoslik instituti, Varshava universiteti va Indiana universitetida tahsil olgan. Doktorlik dissertatsiyasini Indiana universitetida himoya qilgan. Ilmiy faoliyati davomida Stenford universiteti, Pittsburg universiteti va Oksford universitetida tadqiqot va pedagogik faoliyat olib borgan. Uning ilmiy ishlari Markaziy Osiyo tarixi, diniy jarayonlar, madaniy meros va ijtimoiy transformatsiyalar masalalariga bag‘ishlangan. Ko‘plab xalqaro ilmiy nashrlar muallifi sifatida akademik hamjamiyatda e'tirof etilgan. Hozirda AQShning Kolumbiya universitetida professor sifatida faoliyat yuritib, ilmiy tadqiqotlar olib borish hamda yosh tadqiqotchilarni tayyorlash bilan shug‘ullanmoqda.

Powered by GSpeech