Menyu
leadership

Ergashev Nodir Erniyozovich

Direktorning birinchi o'rinbosari

Vazifalari

Quyidagi yo'nalishlar bo'yicha ishlar samaradorligini oshirish va vazifalar o'z vaqtida ijro etilishini ta'minlash choralarini ko'radi:

  • Oliy va oliy ta'limdan keyingi ta'lim tashkilotlari sifati baholash jarayonlarini tashkil etish, baholash mezonlari va indikatorlarining to'g'ri qo'llanilishi, baholash natijalarining shaffofligi va ob'ektivligini ta'minlash.
  • O'rta maxsus va kasbiy ta'lim tashkilotiari sifati baholash yoʼnalishini muvofiqlashtirish, baholash jarayonlariga zamonaviy metodologiyalarni joriy etish, tahliliy hisobotlar va natijalar sifatini oshirish.
  • Kadrlarni qayta tayyorlash va malakani oshirish tashkilotlari sifati baholash ishlarini tashkil qilish, ta'lim dasturlari va o'quv jarayonlarini baholashda yagona yondashuvni ta'minlash, tizim samaradorligini oshirish bo'yicha takliflar ishlab chiqish.
  • Akkreditasiya jarayonlarini rejalashtirish va amalga oshirilishini nazorat qilish, akkreditasiya materiallari va xulosalarini belgilangan tartibda rasmiylashtirish, jarayonlarning amaldagi qonunchilik va standartlarga muvofiq bo'lishini ta'minlash.
  • Post-akkreditasiya monitoringini yuritish, akkreditasiyadan o'tgan ta'lim tashkilotlarida belgilangan talablarga rioya etilishini muntazam o'rganib borish, monitoring natijalari asosida takomillashtirish bo'yicha takliflar tayyorlash.
  • Tegishli yo'nalishlar kesimida tahliliy ma'lumotlar, hisobotlar va takliflar tayyorlash, direktorga qaror qabul qilish uchun zarur axborot taqdim etish.va boshqa vazifalar.
Powered by GSpeech